U. I. Inoyatov, S. D. Yusupova, F. R. Salimbekova buxgalteriya hisobi


Asosiy vositalarning qoldiq qiymati


Download 1.35 Mb.
bet49/211
Sana25.10.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1719474
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   211
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi-fayllar.org

Asosiy vositalarning qoldiq qiymati – ularning dastlabki qiy-
matidan eskirish summasining ayirmasiga teng.
Tugatish qiymati – asosiy vositalarning foydali xizmat muddati
oxirida – tugatilishi natijasida tugatish bilan bog‘liq bo‘lgan, kutilayotgan
xarajatlarni chiqarib tashlagandan so‘ng olinadigan aktivlarning taxminiy
qiymati. Asosiy vositalar bo‘yicha buxgalteriya hisobining vazifalari
quyidagilardan iborat:
a) asosiy vositalarning harakati bilan bog‘liq operatsiyalarni to‘g‘ri
va o‘z vaqtida rasmiylashtirish hamda tegishli hisob registrlarida umum-
lashtirish;
b) asosiy vositalarning eskirishi va amortizatsiya summalarini to‘g‘ri
hisoblash;
d) asosiy vositalarning ta’mir mablag‘laridan to‘g‘ri va oqilona foy-
dalanishni nazorat qilish;
e) asosiy vositalardan samarali foydalanishni nazorat qilish;
f) asosiy vositalarning xavfsizligini saqlashni nazorat qilish;
g) ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘la foydalanish hisobiga mahsulot
ishlab chiqarishni oshirishning ichki zaxiralarini aniqlash.

69
Asosiy vositalarning harakatini hisobga olishda quyidagi shakllardan


foydalaniladi:
OS–1 shakl. Asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi.
OS–2 shakl. Ta’mir qilingan, tiklangan va takomillashtirilgan
obyektlarning qabul qilish-topshirish dalolatnomasi.
OS–3 shakl. Asosiy vositalarni tugatish to‘g‘risidagi dalolatnoma.
OS–4 shakl. Avtotransport vositalarini hisobdan chiqarish
dalolatnomasi.
OS–6 shakl. Asosiy vositalarni hisobga olishning inventar
kartochkasi.
OS–7 shakl. Asosiy vositalarni hisobga olish inventar kartochkasi
ro‘yxati.
OS–8 shakl. Asosiy vositalarning harakatini hisobga olish
kartochkasi.
OS–9 shakl. Asosiy vositalarning inventar ro‘yxati.

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling