57
kirimi bo‘yicha sintetik hisob 6-jurnal orderda, sarflangan materiallarning
sintetik hisobi esa 10 va 10/1 jurnal orderlarda olib boriladi.
Buxgalteriyada sintetik hisobdan tashqari sexlar,
omborlar,
materiallar guruhlari bo‘yicha tahliliy hisob yuritiladi.
Tezkor-buxgalteriya (saldoviy) usuli qo‘llanilmaydigan korxonalar
buxgalteriyalarida materiallar pul va son ko‘rsatkichida hisobga olinadi.
Buxgalteriya hisobida materiallarning hisobini
yuritishda quyidagi
schotlardan foydalanish mumkin:
1010-«Xomashyo va materiallar».
1020-«Sotib olinadigan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi
qismlar».
1030-«Yoqilg‘i».
1040-«Ehtiyot qismlar».
1050-«Qurilish mollari».
1060-«Idish va idish materiallari».
1070-«Boshqa tomonga qayta ishlash uchun berilgan materiallar».
1080-«Inventar va xo‘jalik anjomlari».
1090-«Boshqa materiallar».
Schyotlarning debet tomonida sotib olish (tayyorlash),
haqiqiy
tannarxida yoki hisob narxlarida kirimga olinishi hisobga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: