7.2. O‘SIMCHILIK TARMOQLARINING XUSUSIYATLARI,
O‘SIMCHILIK XARAJATLARI VA MAHSULOT
OLISHNING ANALITIK VA SINTETIK HISOBI
Dehqonchilik xarajatlari «Xarajatlar to‘g‘risidagi Nizom»ga asosan
quyidagi xarajatlar moddalari bo‘yicha yuritiladi:
1. Materiallar – urug‘, ko‘chat, o‘g‘itlar, yoqilg‘i.
2. Mehnatga haq to‘lash xarajatlari.
3. Ijtimoiy sug‘urta.
4. Asosiy vositalarning amortizatsiyasi.
5. Boshqa xarajatlar.
Dehqonchilik qishloq xo‘jaligining asosiy tarmoqlaridan biri bo‘lib,
quyidagi tarmoqlarga bo‘linadi: o‘simchilik, sabzavotchilik, bug‘doy-
chilik, polizchilik, uzumchilik, gulchilik, o‘rmonchilik, o‘tloqchilik,
urug‘chilik.
O‘simchilik xarajatlari va olingan mahsulotlarning analitik hisobi
fermerning shaxsiy schyoti 83-ASK shaklida yuritiladi. Bu shaxsiy
schyotdan ma’lumotlar bo‘limlar bo‘yicha, xarajat moddalari va olingan
mahsulotlarning yil davomida reja tannarxida yilning oxirida haqiqiy
tannarxda hisobga olinadi. 83-ASKda jamlangan ma’lumotlar 10-jurnal
orderga ko‘chiriladi.
O‘simchilik xarajatlari va yetishtirilgan mahsulotning sintetik hisobi
2010-«Asosiy ishlab chiqarishning «Dehqonchilik» subschyotida hisobga
olinadi.
Schyotning debetida mahsulotni yetishtirish uchun qilingan
xarajatlar, kreditida esa yetishtirilgan mahsulotning yil davomida reja
tannarxidagi qiymati va yilning oxirida reja tannarxi bilan haqiqiy
tannarxi o‘rtasidagi farq summasi aks ettiriladi. Schyotning debetidagi
qoldiq yil boshidagi va oxiridagi to‘lanmagan ishlab chiqarish
xarajatlarini aks ettiradi.
2010–schyoti boshqa schyotlar bilan quyidagicha aloqada bo‘ladi:
127
Schyotlar aloqasi
D
K
1
Dehqonchilik mahsulotlarini yetishtirish uchun urug‘
sarflandi
2010
1010
2
Dehqonchilikdagi ishchilarga ish haqi hisoblandi
2010
6710
3
Dehqonchilikdagi ishchilarning ish haqlariga nisba-
6510–
tan ijtimoiy sug‘urta ajratmalari hisoblandi
2010
6520
4
Dehqonchilikdagi asosiy vositalarga amortizatsiya ajrat-
0211–
malari hisoblandi
2010
0299
5
Chorvachilikdagi organik o‘g‘itlar dehqonchilikka
sarflandi
2010
1010
6
Dehqonchilikdan olingan mahsulotlar omborga
kirim qilindi
2810
2010
7
Paxtachilikdan g‘o‘za olindi
1010
2010
Do'stlaringiz bilan baham: |