Xavfning turi va kelib chiqish sabablariga bog‘liq holda xavfli faktorlardan himoyalanish usullari ikki xil: faol va passiv turlarga bo‘linadi.
Faol himoya xavfli faktorlarni hosil bo‘lishini yoki uning ta’sir darajasini kamaytirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Passiv himoya xavfli faktorlarni insonga ta’sirini bartaraf etishga qaratilgan tadbirlar majmuidan iborat bo‘lib, u ishni tashkil etish, shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish, xavfsizlikni ta’minlovchi texnik vositalardan foydalanish yo‘llari orqali amalga oshiriladi.
Xavfsizlikni ta’minlovchi texnik vositalar jumlasiga to‘siqlar, saqlash qurilmalari, blokirovkalash moslamalari, signalizatsiya, masofadan boshqarish jihozlari va tormoz qurilmalari kiradi.
Nazorat savolllari:
Topshiriq: Savollarga javob yozish
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.O‘.R.Yo‘ldoshev, O.D.Rahimov, R.T.Xo‘jaqulov, O.T.Hasanova. “Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi” Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma (4-qayta nashr)
«Davr nashriyoti» Toshkent — 2015
2.O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi. Toshkent, 1996-y.
3. O‘zbekiston Respublikasining «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonuni. Toshkent, l 993-y.
13- Mavzu: Sexda shikastlanishning asosiy sabablari
Reja:
Jihozlarni ishga tushirish va to‘xtatish jarayonida jihozlardan, mashinalardan, moslamalardan foydalanish qoidalari, material va maxsulotlarni omborlarga topshirish, hamda ortish va tushirish ishlarni bajarish.
Sexda shikastlanishning asosiy sabablari
Xalq xo‘jaligining deyarli barcha tarmoqlarida turli xil yuk ko‘tarish mexanizmlaridan, jumladan, oddiy chig‘iriqlardan tortib yuqori yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega bo‘lgan kranlardan foydalaniladi.
Yuk ko‘tarish mexanizmlaridan xavfsiz foydalanish qoidalarini «O‘zsanoatkontexnazorat» Davlat qo‘mitasi ishlab chiqadi va tasdiqlaydi. Ular ish joyida o‘rnatilgan davlat energetika nazorati tomonidan ro‘yxatga olinadi.
Barcha turdagi yuk ko‘tarish mexanizmlari belgilangan muddatda tegishli sinov va tekshirishlardan o‘tkazilib turilishi kerak. Texnik tekshiruv har 12 oyda bir marta, navbatdan tashqari tekshirish esa kapital ta’mirlash yoki yuk ko‘tarish mexanizmlari boshqa joyga ko‘chirilganda o‘tkazilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |