ii. o‘tilgan mavzuni so‘rab baholash.
Uy vazifasini tekshirish uchun ekranda devorga ilingan pochta qutisi
rasmi, stol ustidagi konvertlarda so‘zlar yozilgan bo‘ladi. So‘zlardagi
x yoki h harflari o‘rnida nuqta yozilgan. O‘quvchi konvertdagi so‘zni
x yoki h harfiga mos pochta qutisiga soladi. Agar so‘z to‘g‘ri topilsa, konvert-
36
dagi so‘zda x yoki h harfi paydo bo‘ladi. Aksi bo‘lsa, konvert joyiga qaytadi va
«noto‘g‘ri» degan ovoz eshitiladi.
X harfi
H harfi
yaxmalak
xona
xola
taxta
xirmon
mix
holva
baho
jahon
havo
Конвертлардаги сўзлар: Ya.malak, .ona, .ola, ta.ta, .irmon, mi., .olva, ba.o,
ja.on, .avo
Assalomu alaykum so‘zining ma’nosi, kimlarga oldin salom berishi so‘raladi.
husnixat daqiqasi: multimedia ilova asosida bosh va kichik Jj harfi
va harf unsurlarining yozilishi ko‘rsatiladi. Gap yozishda harflarning
bog‘lanishi tushuntiriladi:
Jj, Jj, Jj.
Jamshid jumboqni yechdi.
Lug‘at diktant
Xorazm, Jizzax, Buxoro, mix, handalak.
iii. yangi mavzu bayoni.
Doskaga J harfi mavzusi va j harfi ishtirok etgan so‘zlar ikki ustun shaklida
yozib qo‘yiladi.
o‘quvchilarga o‘qitiladi:
jo‘ja
jurnal
jahon
jirafa
jizza
jiyda
1. 1-ustundagi so‘zlarda birinchi qaysi tovush ishtirok etgan? (j tovushi)
2. 2-ustundagi so‘zlarda birinchi qaysi tovush ishtirok etgan? (j tovushi)
3. qaysi harf ikki tovushni ifodalayapti? (j tovushi)
37
Ushbu savollar orqali j tovushi ikki tovushni bildirishi aytiladi. So‘ng
o‘quvchilar daftarlariga husnixat asosida yozadilar va yozgan so‘zlarida ishtirok
etgan j harfining tagiga chizadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |