34
ekranda she’r matni yonida yong‘oq, sariyog‘,
olma va behi rasmlari
ko‘rsatiladi. o‘quvchi topishmoqning javobini topsa, «barakalla» so‘zi eshitilib,
yong‘oq so‘zi she’r sarlavhasi o‘rniga o‘tadi.
o‘quvchilarga she’rni daftarlariga ko‘chirish hamda she’rdagi undoshlar
tagiga chizish topshirig‘i
beriladi, o‘quvchilar topshiriqni mustaqil bajaradilar.
She’r matnida nechta undosh borligi va qaysi undoshlar qatnashmaganligi aniq-
latiladi (15 xil undosh qatnashdi, 9 xil undosh qatnashmadi). quyidagi savollar
yordamida o‘quvchilar bilimi mustahkamlanadi:
Undosh tovushlar qanday talaffuz qilinadi? nima uchun?
–
Undosh tovushlar tarkibida nima ishtirok etadi?
–
multimedia ilova asosida darslikdagi
24-mashq bajariladi.
Sabzavot rasmlari namoyish etiladi, o‘quvchilar sabzavot nomlarini aytadi-
lar, talaffuzda va yozuvda farqlanadigan so‘zlar tahlil qilinadi.
bu mashqni darslikda
berilgan rasmlar asosida, rasmli diktant tarzida ham
o‘tkazish mumkin.
«so‘z tuz» ta’limiy o‘yini. Ushbu ta’limiy o‘yinni o‘tkazish
orqali
o‘quvchilarning fikrlash doiralari kengayadi, og‘zaki va yozma nutqi rivojlanadi.
Ish, tosh so‘zlaridagi
sh, t undoshlarini boshqa
undosh tovushlarga al-
mashtirib, yangi so‘z tuzdiriladi. masalan:
osh, bosh, qosh.
o‘quvchilarga undoshlarning o‘zgarishi so‘z ma’nosini o‘zgartirishi xususi-
da savol beriladi:
qaysi undosh so‘z ma’nosini o‘zgarishiga xizmat qildi?
–
Do'stlaringiz bilan baham: