35
topishmoqning javobini topish, topishmoq matnidagi
undosh tovushlarni
aniqlash, harf birikmalarining tagiga chizish topshirig‘i uyga vazifa sifatida be-
riladi. kungaboqar so‘zi ikki so‘zdan iborat ekanligi, so‘zlar qo‘shib
yozilishi
suhbat asosida tushuntiriladi.
O‘quvchilarga yaxshi kayfiyat tilab, darsga yakun yasaladi.
1 3 - d a r s
MavzU: j harFi va j TovUshLi so‘zLar (32–33-MashqLar)
Darsning maqsadi:
ta’limiy maqsad:
a)
j harfli so‘zlarda
j tovushining to‘g‘ri
talaffuzini
o‘rgatish,
j harfi ikki xil tovush ifodalashini, shunga ko‘ra
tovushlar harflarga
nisbatan ko‘pligini aytish;
tarbiyaviy maqsad:
b)
o‘quvchilarni Vatanga, ona yurtga mehr-muhabbat
ruhida
tarbiyalash;
d) rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarni qayta hikoyalash va ijodiy fikr-
lashga o‘rgatish.
Dars turi: yangi bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantiruvchi dars.
Dars metodi: suhbat, «ortiqchasini top» ta’limiy o‘yini.
Dars jihozi: mazmunli rasm,
j harfli so‘zlar ishtirok etgan rasmlar.
Darsning borishi:
i. Tashkiliy qism:
salomlashish;
–
navbatchining axborotini tinglash;
–
sinf
tozaligini nazorat qilish;
–
o‘quvchilarning darsga tayyorgarligini nazorat qilish.
–
Do'stlaringiz bilan baham: