41
o‘quvchilar bergan javoblari tinglanib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar bartaraf
etiladi.
Darslik bilan ishlash.
35-mashqdagi she’r ifodali o‘qitiladi. She’r nima haqida ekanligi so‘ralib,
harf birikmalarini topib, tagiga chizish aytiladi. She’r
yoddan husnixat asosida
yozdiriladi.
– Shamol, qayga chopyapsan,
Seni quvlarmi birov?
– Axir, qancha ishim bor,
Bo‘lmas bormasam darrov.
rauf Tolib
o‘qituvchi quyidagi savol orqali harf birikmasi ishtirok etgan so‘zlarni
aniqlaydi:
– qaysi so‘zda harf birikmasi bor ekan?
(shamol, chopyapsan, ishim.)
Shamol so‘zi ustida tovush-harf tahlili o‘tkaziladi.
Shamol
to‘rtta harf, bitta harf birikmasi, ikkita unli, uchta undosh harf
Do'stlaringiz bilan baham: