U. Masharipova, M. Umarova, D. Baynazarova ona TiLi


Download 2.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/90
Sana21.10.2023
Hajmi2.38 Mb.
#1714337
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   90
Bog'liq
ona tili 1 metodika

qal’a – qala
gal’a – devorlari mustahkam qilib o‘ralgan shahar yoki qishloq
qala – o‘tin qala
Unlidan keyin tutuq belgisi o‘zidan oldingi unlini cho‘ziqroq talaffuz qilishni 
bildiradi. masalan: she’r, da’vo, ta’na, la’nat degan so‘zlarda unli harf cho‘zilib 
tallafuz qilinyapti.


50
bundan tashqari tutuq belgisi so‘z manosini farqlashga ham xizmat qilishi 
tushuntiriladi.
50-mashq doskaga yoziladi. tutuq belgili so‘zlarning aytilishi va yozilishiga 
o‘quvchilar diqqati qaratilib, maqollarning ma’nosi tushuntiriladi.
1. rahmat olgan omondir,
La’nat olgan yomondir.
2. va’daga vafo mardning ishi.
La’nat, va’daga vafo so‘zlari ustida tushuntirish ishlari olib boriladi.
51-mashqdagi so‘zlar tutuq belgilariga roiya qilib o‘qitiladi:
da’va – davo
sur’at – surat
she’r – sher
ta’na – tana
Lug‘at ishi:
davo – tuzalish, tuzatish ma’nosida
da’vo – arz qilmoq 
ta’na – dashnom 
tana – odam tanasi, badani
sur’at – tezlik, shijoat ma’nosida
surat – rasm
Dam olish daqiqasi.
iv. Mustahkamlash.
darsni mustahkamlashda ham savol-javob usulidan foydalanilsa, o‘quvchilar 
faollashadi. buning uchun o‘quvchilarga quyidagicha savollar bilan murojaat 
etish mumkin:
1. bugun darsda nima ishlar qildik?
2. bu darsda siz nimalarni bilib oldingiz?
3. tutuq belgisi nimani bildirar ekan?
4. tutuq belgisi unlidan keyin kelsa nima bo‘ladi?
5. tutuq belgisi undoshdan keyin kelsa nima bo‘ladi?
o‘quvchilarning javoblari tinglanib, o‘tilgan mavzu yuzasidan xulosa 
chiqariladi.
v. Darsni yakunlash va o‘quvchilarni baholash.
o‘quvchilar darsdagi ishtirokiga ko‘ra rag‘batlantiriladi, baholanadi.


51

Download 2.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling