U. Masharipova, M. Umarova, D. Baynazarova ona TiLi


Download 2.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/90
Sana21.10.2023
Hajmi2.38 Mb.
#1714337
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   90
Bog'liq
ona tili 1 metodika

Darslik bilan ishlash.
58-mashqni o‘quvchilar mustaqil bajarishadi. buning uchun mashqda 
berilgan so‘zlarni o‘qib, ularni alifbo tartibida yozadilar. Shu so‘zlardan 
qatnashtirib gap tuzadilar.
n a m u n a :
Izzat, kassa, mitti, novvot, naqqosh, rassom, varrak.
Odiljon katta bo‘lganda naqqoshlik kasbini egallamoqchi.
v. Darsga yakun yasash va baholash.
darsdagi ishtirokiga ko‘ra o‘quvchilar rag‘batlantiriladi, baholanadi.
vi. Uyga vazifa berish. 
Uyda bajarish uchun 58-mashq shartiga ko‘ra nuqtalar o‘rniga zarur 
harflarni qo‘yib, so‘zlarni alifbo tartibida yozib kelish, ketma-ket kelgan bir xil 
undoshlar tagiga chizish topshiriladi.


54
2 5 - d a r s 
MavzU. Bo‘G‘in
Darsning maqsadi:
ta’limiy maqsad: 
a) 
o‘quvchilarga bo‘g‘in va bo‘g‘in hosil bo‘lishi haqida 
umumiy tushuncha berish;
tarbiyaviy maqsad: 
b) 
qushlarni sevish, ularning palaponlarini asrash
parvarishlash, ularga ozor bermaslik, qushlar bizning do‘stimiz ekanligi haqida 
tushuncha hosil qilish;
d) rivojlantiruvchi maqsad: so‘zlarni chiziqcha orqali bo‘g‘inga ajratib 
yozish, tahlil qilish.
Dars turi: yangi bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantiruvchi dars.
Dars metodi: suhbat, kichik guruhlarda ishlash, ta’limiy o‘yin.
Dars jihozi: bo‘ginga bo‘linuvchi so‘zlar yozilgan kartochkalar, fonetik 
tahlil uchun shablonlar, tarqatma harflar.
Darsning borishi:
i. Tashkiliy qism:
– salomlashish;
– navbatchi axborotini tinglash.
Bizning shiorimiz:
O‘rgan – o‘rgat shiori,
Boshlang‘ichdir poydevori.
Sog‘ tanda – sog‘lom aql,
Biz bunga doim kafil!
– bolalar, hozirgi darsimizning nomi nima?
– Ona tilim jon-u dilim,
Sening bilan biyron tilim.
– barakalla!
– Maqsadimiz barkamol inson bo‘lib el-yurtga xizmat qilish.

Download 2.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling