U. Masharipova, M. Umarova, D. Baynazarova ona TiLi


husnixat daqiqasi o‘tkaziladi


Download 2.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/90
Sana21.10.2023
Hajmi2.38 Mb.
#1714337
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   90
Bog'liq
ona tili 1 metodika

husnixat daqiqasi o‘tkaziladi.
iii. yangi mavzu bayoni.
yangi mavzu 56-mashq asosida tushuntiriladi.
O‘qituvchi tovush va harflarni o‘quvchilar «Alifbe» kitobi yordamida 
bilib olganliklarini aytib, suhbat asnosida mavzuni tushuntirishda davom etib
quyidagi savollar bilan o‘quvchilarga murojaat etiladi:
– «Alifbe» kitobi sizlarga nechta harflarni o‘rgatdi?
– 29 ta.
– Ulardan nechtasi harf birikmasi?
– 3 tasi.
o‘quvchilarga « alifbo» ko‘rsatiladi.
– bu nima?
– Alifbo.
– barakalla! Unda nimalarni ko‘ryapsiz?
– Harflarni.
– Unda harflar qanday joylashtirilgan?
– Tartib bilan.
– «alifbe» kitobida birinchi, ikkinchi, uchinchi bo‘lib qaysi harfni o‘rgangan 
edingiz? eslab ko‘ring-chi.
– O, n, a.
– qanday so‘z hosil bo‘ldi?
– Ona.
– barakalla! bolajonlar, siz birinchi bo‘lib «ona» so‘zini o‘qishni va yozishni 
o‘rgangan ekansiz. Endi diqqat qiling, «Alifbo»da qaysi harflar birinchi, ikkinchi, 
uchinchi o‘rinda turibdi?


53
– Aa, Bb, Dd...
– demak, bolajonlar:
Alifboda harflar tartib bilan joylashadi.
o‘quvchilar birgalikda alifboni tartib bilan aytib chiqishadi.
iv. Mustahkamlash.
57-mashq. Mashqdagi so‘zlarda tushib qolgan harflar o‘rniga zarur harflarni 
qo‘yib, gullar nomi o‘qiladi. Gul nomlari alifbo tartibida yozib chiqiladi. Gul 
nomlarini qatnashtirib bitta gap tuziladi.
n a m u n a :
Gulsapsar, karnaygul, chinnigul.
Onamning tug‘ilgan kuniga bir dasta chinnigul sovg‘a qildim.
Dam olish daqiqasi.
o‘quvchilar bilimini mustahkamlash maqsadida «Davom ettir» didaktik 
o‘yini o‘tkaziladi. o‘yin shartiga ko‘ra har bir o‘quvchi alifbo tartibida bittadan 
so‘z aytadi. bu didaktik o‘yinda sinfdagi barcha o‘quvchilar ishtirok etadi. 
Harflar tartibida adashgan o‘quvchi o‘yindan chiqadi. Masalan: anor, bahor, dala, 
elak, …, yo‘lbars, zirak, o‘lka, g‘ildirak… kabi.

Download 2.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling