48
1 9 - d a r s
MavzU: TUTUq BELGisi
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy maqsad: o‘quvchilarga tutuq belgili so‘zlarning to‘g‘ri talaffuzi
va yozilishi, uning so‘z ma’nosini farqlashdagi vazifasi haqida bilim, tushuncha
berish;
b) tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilarni va’daga
vafo qilishga, keksalarning
duosini olishga, atrofdagi odamlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lishga
o‘rgatish;
d) rivojlantiruvchi maqsad: tutuq belgili so‘zlarni yozish, lug‘atni boyitish,
so‘zdagi farqni aniqlashga o‘rgatish.
Dars turi: yangi bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantiruvchi dars.
Dars metodi: suhbat.
jihozlar: tutuq belgili so‘zlar jadvali, tarqatmali kartochkalar.
Darsning borishi:
i. Tashkilliy qism:
a)
salomlashish;
b) navbatchi axborotini tinglash;
d)
sinf tozaligini, o‘quvchilarni darsga tayyorgarligini nazorat qilish.
ii. o‘tilgan darsni so‘rab baholash, uy vazifasini tekshirish.
Uyda bajarish uchun berilgan 49-mashqni tekshirish uchun og‘zaki o‘qitish
orqali
topishmoqning javobi topiladi, do‘l haqida o‘quvchilarga tushuncha
beriladi. ajratib yozilgan so‘zlar ustida og‘zaki o‘qitish orqali taqqoslash ishlari
o‘tkaziladi. aytilishida t va
p tarzida talaffuz qilinsa ham, d va b undoshlari
yozilishi tushuntiriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: