U. Masharipova, M. Umarova, D. Baynazarova ona TiLi


Download 2.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/90
Sana21.10.2023
Hajmi2.38 Mb.
#1714337
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   90
Bog'liq
ona tili 1 metodika

yozilishi
aytilishi
ko‘kdan
patirlab
yaltirab
ko‘ktan
patirlap
yaltirap
Lug‘at ishi:
ko‘kdan – osmondan
yaltirab – tovlanib


49
o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarga yovvoyi hayvon sher rasmi ko‘rsatiladi 
va u o‘rmonda yashashi haqida ma’lumot beriladi. So‘ng to‘rt misrali she’r o‘qib 
beriladi (o‘qituvchi Vatan yoki maktab haqida chiroyli she’r o‘qib beradi). Hozir 
o‘qilgan narsa nima ekanligi so‘raladi. o‘quvchilar:
– bu she’r, – deb javob beradi. Shundan so‘ng o‘qituvchi sher va she’r 
so‘zlarini doskaga yozadi. bu so‘zlarning o‘zaro farqi nimada ekani so‘raladi. 
sher – bu yovvoyi hayvon.
she’r – bu shoirlar ijodining mahsuli ekanligi aytib o‘tiladi.
«She’r» so‘zi quyidagicha tahlil qilinadi:
1 bo‘g‘inli
3 ta tovush, 2 ta harf, 1 ta harf birikmasi, 1 ta tutuq belgisi ishtirok etgan.
Unli tovush e, undosh tovush sh, r.
quyidagi savol orqali yangi mavzu nima haqida ekanligi aniqlanadi:
– She’r so‘zida qanday belgi ko‘ryapsiz? 
– Tutuq belgisi.
husnixat daqiqasi: multimedia ilova asosida ’ tutuq belgisining 
yozilishi ko‘rsatiladi. tutuq belgili so‘zlar ko‘rsatiladi va yozdiriladi:
va’da, ta’til, ra’no, Jur’at, A’loxon.
iii. yangi mavzu bayoni.
doskaga tutuq belgisi ishtirok etgan bir nechta so‘zlarni yozib, o‘quvchilarga 
o‘qitiladi. So‘ng o‘quvchilar yo‘l qo‘ygan kamchiliklar o‘qituvchi tomonidan 
to‘g‘ri talaffuz qilib,o‘qib beriladi. o‘quvchilar so‘zlarni takrorlaydilar. doskada 
na’matak, san’at, mash’al, qit’a, ma’no so‘zlari yozilgan bo‘ladi.
Shundan so‘ng o‘qituvchi undoshdan so‘ng qo‘yilgan tutuq belgisi o‘zidan 
oldingi undosh tovushni keyingi unlidan ajratib talaffuz qilish kerakligini 
bildirishini aytib, tutuq belgisi qo‘yilganda so‘zlarning ma’nosida yuz beradigan 
o‘zgarishlarni izohlaydi:

Download 2.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling