U. Masharipova, M. Umarova, D. Baynazarova ona TiLi


ii. Uy vazifalarini tekshirish va o‘tilgan mavzularni takrorlash


Download 2.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/90
Sana21.10.2023
Hajmi2.38 Mb.
#1714337
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   90
Bog'liq
ona tili 1 metodika

ii. Uy vazifalarini tekshirish va o‘tilgan mavzularni takrorlash. 
o‘tilgan mavzular yuzasida savol-javob o‘tkaziladi. buning uchun «bilar-
jonni kim yengadi?» ko‘rgazmasidan foydalaniladi. o‘quvchilar o‘qituvchi to-
monidan oldindan yozib, ko‘rgazma cho‘ntaklariga solib qo‘yilgan savollarga 
javob beradilar. o‘zlari istagan savolni olib javob beradilar, to‘g‘ri javob bergan 
o‘quvchi rag‘bat kartochkasi bilan rag‘batlantirilib boriladi. 
Ko‘rgazmadagi savollar: 
1. So‘zlar nimalarga bo‘linadi? 
2. qaysi tovushlar bo‘g‘in hosil qiladi? 
3. So‘zlar birinchi satrdan ikkinchi satrga qanday ko‘chiriladi? 
4. «qaldirg‘och» so‘zi nechta bo‘g‘inli so‘z? 
5. alifboda nechta unli tovush bor? 
6. alifboda nechta undosh tovush bor? 


64
husnixat daqiqasi: multimedia ilova asosida gap yozishda harflarning 
bog‘lanishi va so‘zlar orasidagi masofa tushuntiriladi: 
Gulsiz bo‘lar mevasi, 
 Shirin-shakar donasi. (Anjir)
iii. yangi mavzu bayoni.
yangi mavzu 81-mashq asosida tushuntiriladi. 
1-multimedia ilova. 
tabiat manzarasi tasvirlangan rasmda ketma-ket osmonda uchayotga qush-
lar, chopib ketayotgan ot, suvda suzayotgan baliq va kitob o‘qiyotgan qizchaning 
rasmlar ko‘rsatiladi. rasmdagi shaxs va narsalarga kim?, nima?, nima qiladi? 
so‘roqlari berilib, ularning nomlari va ular qanday harakatni bajarishlari aniqlanadi. 
savollar
1. bu nima? (qush) 
qush rasmi ekranda kattalashtirilib, uchib ketayotgan holati ko‘rsatiladi. 
2. qush nima qiladi? (Uchadi). 
Shunda qush rasmining pastki qismida «qush uchadi» yozuvi paydo 
bo‘ladi. 
3. bu nima? (ot) 
ot rasmi ekranda kattalashtirilib yugurib ketayotgan xolati ko‘rsatiladi. 
4. ot nima qiladi? (yuguradi). 
Shunda ot rasmining pastki qismida «ot yuguradi» yozuvi paydo bo‘ladi. 
5. bu nima? (baliq) 
baliq rasmi ekranda kattalashtirilib, suzib ketayotgan holati ko‘rsatiladi. 
6. baliq nima qiladi? (Suzadi)
Shunda baliq rasmining pastki qismida «baliq suzadi» yozuvi paydo 
bo‘ladi. 
7. bu kim? (o‘quvchi) 
o‘quvchi rasmi ekranda kattalashtirilib, kitob o‘qiyotgan holati ko‘r-
satiladi. 
8. o‘quvchi nima qilyapti? (o‘qiyapti). 
Shunda o‘quvchi rasmining pastki qismida «o‘quvchi o‘qiyapti» yozuvi 
paydo bo‘ladi. 
9. nima? so‘rog‘iga nechta so‘z javob bo‘ldi? (3 ta: qush, ot, baliq) 
10. kim? so‘rog‘iga nechta so‘z javob bo‘ldi? (1 ta: o‘quvchi) 


65

Download 2.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling