U. Masharipova, M. Umarova, D. Baynazarova ona TiLi


Download 2.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/90
Sana21.10.2023
Hajmi2.38 Mb.
#1714337
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   90
Bog'liq
ona tili 1 metodika

iv. Mustahkamlash.
husnixat daqiqasi. berilgan topshiriqni bo‘g‘in ko‘chirish qoidasi 
asosida husnixat bilan yozing.
 Kichkintoygina bo‘yi bor,
Aylantirilgan to‘ni bor. (Qo‘y)
71-mashqdagi so‘zlar bo‘g‘inga bo‘lib o‘qitiladi. o‘quvchilar mashqdagi 
so‘zlarni ikki guruhga ajratadilar. buning uchun «Mumkin emas!» deb 
nomlangan qizil rangli katakchaga bir satrdan ikkinchi satrga bo‘linmaydigan 
so‘zlar yoziladi. «Mumkin!» deb yozilgan yashil rangdagi katakchaga bir 
satrdan ikkinchi satrga bo‘g‘inga bo‘linadigan so‘zlar yoziladi.
mashqdagi so‘zlar: Qorbobo, G‘ayrat, tennis, a’lo, odob, eshik, o‘roq, 
o‘rtoq, odam, opa, ozoda, asal, e’lon, uka.
Mumkin emas! Mumkin!
qorbobo,
G‘ayrat,
tennis,
o‘rtoq,
ozoda
a’lo, odob,
eshik, o‘roq,
odam, opa,
asal, e’lon, 
uka
Lug‘at ishi:
E’lon – biror-bir xabarni ommaga yozma usulda yo‘ki og‘zaki usulda aytish.
i z o h : o‘quvchilar darsning 2-bosqichida sherigidan yordam so‘rashi, 
o‘qituvchi so‘z topishda qiynalayotgan o‘quvchilarga yordam berishi, vazifani 
bajarishda o‘quvchilar dasrlikdan foydalanishlari mumkin.


62
v. Darsni yakunlash va baholash.
darsga yakun yasashdan oldin o‘qituvchi o‘quvchilarga quyidagi savollar 
bilan murojaat etadi:
– bugungi darsimiz sizga yoqdimi?
– So‘zlarni tuzishda qiynalmadingizmi?
– mashg‘ulot paytida siz kimga yordam berdingiz?
– o‘rtog‘ingizga yordam berganingizda o‘zingizni qanday his qildingiz?
– bugungi darsimizda qanday yangi so‘zlarni bilib oldingiz?
o‘qituvchi o‘quvchilarni uyga vazifani bajarganiga, so‘zlarni bo‘g‘inlarga 
ajrata olganiga, muhokamada bergan javoblariga qarab reyting asosida 
baholaydi.

Download 2.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling