U. Masharipova, M. Umarova, D. Baynazarova ona TiLi


Download 2.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/90
Sana21.10.2023
Hajmi2.38 Mb.
#1714337
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   90
Bog'liq
ona tili 1 metodika

husnixat daqiqasi: multimedia ilova asosida gap yozishda harf-
larning bog‘lanishi va so‘zlar orasidagi masofa tushuntiriladi: 
Vatani borning – baxti bor. 
iii. yangi mavzu bayoni.
multimadia ilova asosida yangi mavzu tushuntiriladi. 91-mashqdagi she’r 
o‘qib eshittiriladi;
Ulug‘ Temur bobomiz
Sevgan, sig‘ingan Vatan!
Bobur Mirzo doimo
Qo‘msab sog‘ingan Vatan. 
 
 
 
 
 rauf Tolib 
o‘quvchilarga quyidagi savollar bilan mirojaat etilib, she’r matni ustida ish-
lanadi: 
– She’r sizlarga yoqdimi? 
– She’r nima haqida ekan? 
Vatanimizni kim sevgan, sig‘ingan ekan? 
– Vatanimizni kim doim sog‘inib yashagan ekan? 
– qo‘msab so‘ziga ma’nodosh so‘z toping. 
(o‘qituvchi she’rning oxirgi misrasida qo‘msab, sog‘ingan so‘zlarining ket-
ma-ket kelishi ma’no kuchaytirish uchun xizmat qilishini ta’kidlaydi.) 
multimedia ilovada kim? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zlarni she’r matnidan 
aniqlaganlarida amir temur hamda bobur mirzo rasmi ekranda paydo bo‘ladi. 
o‘qituvchi ulug‘ siymolar haqida qisqacha suhbat uyushtiradi. 
iv. Mustahkamlash. 
92-mashq. multimedia ilova namoyish etiladi. o‘quvchilar quyidagi top-
shiriqlarni bajaradilar: 
bolajonlar, rasmlarga so‘roq bering. 
– 
rasmlarni guruhlab, tegishli o‘rinlarga joylashtiring. 
– 
o‘quvchilar ekrandagi qush uyasiga qushlarni, guldonga gullarni, savatchaga 
sabzavotlarni joylashtirib chiqadilar. 
o‘qituvchi o‘quvchilarga quyidagi savollarni berib, mashqni xulosalaydi: 
bu rasmlar qanday so‘roqlarga javob bo‘ldi? 
– 
rasmlar qanday guruhlarga ajratildi? 
– 


72
Guruhdagi rasmlarning qanday umumiy jihati bor? 
– 
kim? so‘rog‘i qaysi so‘zlarga beriladi? 
– 
nima? so‘rog‘i qaysi so‘zlarga beriladi? 
– 
o‘quvchilarning javoblari umumlashtirilib, darslikdagi qoida chiqariladi: 
multimedia ilovadan foydalanish imkoni bo‘lmaganda quyidagi jadval asosi-
da ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarga so‘roq berib, o‘quvchilarga so‘zlarning umumiy 
guruhiga qo‘shuv belgisi qo‘yishlari aytiladi: 

Download 2.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling