81
4 3 - d a r s
MavzU: shaXs va narsaninG haraKaTini BiLDirGan so‘zLar
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy maqsad: shaxs va narsaning harakatini bildirgan so‘zlarni
nima
qildi?, nima qilyapti?, nima qilmoqchi? so‘roqlari yordamida aniqlash yuzasidan
o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma
hosil qilish;
b) tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilarning kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishlarini
oshirish, partada to‘g‘ri o‘tirish qoidasini uqtirish;
d) rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilar nutqini
harakatni bildiruvchi
so‘zlar bilan boyitish, ulardan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish.
Dars turi: yangi bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantiruvchi dars.
Dars uslubi: ko‘rgazmali, suhbat, analiz, kichik guruhlarda ishlash.
Dars jihozi:
tarqatma materiallar, testlar, rasmli plakatlar.
Darsning borishi:
i. Tashkiliy qism:
– salomlashish;
–
navbatchining axboroti;
– sinf tozaligini nazorat qilish;
– o‘quvchilarning darsga tayyorgarligini nazorat qilish.
ii. o‘tilgan mavzuni so‘rab baholash.
o‘quvchilar bilan
«issiq kartoshka» ta’limiy o‘yini o‘tkaziladi.
buning
uchun o‘qituvchi so‘z aytadi va qo‘lidagi koptokni bir o‘quvchiga otadi. Har bir
qatorga alohida vazifali savol beriladi.
1-qatorga kishilarning ismi, familiyasi;
2-qatorga joy nomlari;
3-qatorga hayvon nomlari.
Har bir qatorda alohida vazifa asosida so‘z o‘yini tashkil etiladi.
koptokni ilib olgan o‘quvchi shu mavzuga oid so‘z aytib,
u ham boshqa
o‘quvchiga koptokni otadi. o‘yinning sharti bo‘yicha so‘zlar takrorlanmasligi va
ushlab turilmasligi kerak. kimda-kim shunday xatolikka yo‘l qo‘ysa, o‘yindan
chiqqan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: