U. Masharipova, M. Umarova, D. Baynazarova ona TiLi


Download 2.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/90
Sana21.10.2023
Hajmi2.38 Mb.
#1714337
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   90
Bog'liq
ona tili 1 metodika

viloyat
Tuman
Farg‘ona
yaypan
nursuq
qudash
buvayda
tolliq
olqor
yulg‘unzor
oqqo‘rg‘on
O‘quchilarga yaxshi kayfiyat tilagan holda darsga yakun yasaladi.


81
4 3 - d a r s
MavzU: shaXs va narsaninG haraKaTini BiLDirGan so‘zLar 
Darsning maqsadi: 
a) ta’limiy maqsad: shaxs va narsaning harakatini bildirgan so‘zlarni nima 
qildi?, nima qilyapti?, nima qilmoqchi? so‘roqlari yordamida aniqlash yuzasidan 
o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma hosil qilish
b) tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilarning kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishlarini 
oshirish, partada to‘g‘ri o‘tirish qoidasini uqtirish; 
d) rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilar nutqini harakatni bildiruvchi 
so‘zlar bilan boyitish, ulardan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish. 
Dars turi: yangi bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantiruvchi dars. 
Dars uslubi: ko‘rgazmali, suhbat, analiz, kichik guruhlarda ishlash.
Dars jihozi: tarqatma materiallar, testlar, rasmli plakatlar. 
Darsning borishi: 
i. Tashkiliy qism:
– salomlashish; 
navbatchining axboroti
– sinf tozaligini nazorat qilish; 
– o‘quvchilarning darsga tayyorgarligini nazorat qilish. 
ii. o‘tilgan mavzuni so‘rab baholash. 
o‘quvchilar bilan «issiq kartoshka» ta’limiy o‘yini o‘tkaziladi. buning 
uchun o‘qituvchi so‘z aytadi va qo‘lidagi koptokni bir o‘quvchiga otadi. Har bir 
qatorga alohida vazifali savol beriladi. 
1-qatorga kishilarning ismi, familiyasi; 
2-qatorga joy nomlari; 
3-qatorga hayvon nomlari. 
Har bir qatorda alohida vazifa asosida so‘z o‘yini tashkil etiladi. 
koptokni ilib olgan o‘quvchi shu mavzuga oid so‘z aytib, u ham boshqa 
o‘quvchiga koptokni otadi. o‘yinning sharti bo‘yicha so‘zlar takrorlanmasligi va 
ushlab turilmasligi kerak. kimda-kim shunday xatolikka yo‘l qo‘ysa, o‘yindan 
chiqqan hisoblanadi.

Download 2.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling