U qiziqarli biznes romani shaklida yozilgan
Download 33.7 Kb.
|
The Goal summary
- Bu sahifa navigatsiya:
- 18-bob (maqsad)
- 19-bob (maqsad)
17-bob (maqsad)
Ertasi kuni ish joyida Aleks ikkilanib turgan hamkasblar jamoasiga bo’ysinish hodisalar” va “statistik tebranishlar” haqidagi kashf qilgan tamoyilini tushuntiradi. U katta hajmda kechiktirilgan buyurtmani bajarish uchun ushbu tamoyillardan foydalanib, o'z fikrini to’g’riligini isbotlay oladi. Jamoaning shubhalari yo'qoladi va hatto ishlab chiqarish boshlig'i ham buni qabul qiladi. Now what…? 18-bob (maqsad) Jamoa xo'jayiniga ishonishni boshlaydi va uning buyrug'i bilan harakat qilishga tayyor ko'rinadi. Ammo Aleks, aksincha, bundan keyin nima qilishni bilmaydi. Tabiiyki, Iona bilan yana bir bor maslahatlashib oladi. Professor bu safar Cheklovlar nazariyasini ochib beradi: "Bottleneck (to’siqlik resurs)- imkoniyati unga qo'yilgan talabga teng yoki undan kam bo'lgan har qanday resurs. “Non-bottleneck” (to’siqsizlik resurs) - imkoniyati unga qo'yilgan talabdan kattaroq bo’lgan har qanday resurs". Iona asta-sekin Aleksga talab bilan imkoniyatlarni muvozanatlashtirishga harakat qilmasligini, balki buning o’rniga mahsulot oqimini zavod orqali muvozanatlashi kerakligini tushuntiradi. To’siqlik oqimini bozor talabiga tenglashtirish kerak! (Herbi-to’siqlik. Chunki u qo’yilgan talabdan sekin yurayotgan edi. Uni guruhdagi bolalar qatorining boshiga qo’yish orqali ham manzilga vaqtida yetib kelindi, ham qatorda muvozanat saqlandi(guruh tarqalib ketmadi) Ishlab chiqarish jarayonida ham o’z vaqtida, belgilangan miqdorda mahsulot yetkazib berish uchun to’siqlik oqimni bozor talabiga tenglashtirish kerak. Aleks va uning jamoasi bilan zavoddagi Herbini, ya’ni to’siqlikni(bottleneck) topishadi: NCX-10 mashinasi va issiqlik bilan ishlov berish bo'limi. 19-bob (maqsad) Iona nihoyat zavodga shaxsan tashrif buyuradi. U Aleksga har bir zavodda to'siqlar bo'lishi kerakligini tushuntiradi (!) va tizim faqat to’siqlikdagi(bottleneckdagi) operatsiyalarida quvvatni oshirish orqali ishlab chiqarishni oshirishi mumkin. Ammo Aleks chalkashib ketadi. Zavod quvvatini oshirish uchun u nima qilishi kerak? Kamida, qo'shimcha mashina sotib olishni xohlashi mumin, lekin ularda bunga na vaqt va na byudjet bor. Iona to’siqlikdagi operatsiyalarni bajarish uchun ko'proq mashinalar yordam berishi mumkinligini aytadi, ammo ular mavjud mashinaning yanada samarali ishlatish haqida o’ylab ko’rishsachi? To'siqlik (NCX-10 va issiqlik bilan ishlov berish) mashinalari to’xtab turishi qanchaga tushadi? birinchisi uchun soatiga 32 dollar, ikkinchisi uchun soatiga 21 dollar. Iona: Va butun zavod to’xtab turishi qanchaga tushadi? -Taxminan 1,6 million dollar. -Oyiga qancha ish soati mavjud? -Taxminan 585. So’ng Iona agar to’siqlik bo’lim bir soatga to’xtab qolsa, opportunity cost = 2,735 dollarga teng ekanligini ochib beradi. Buning sababi shundaki, to’siqlikdagi har bir daqiqa to’xtab qolish butun zavod uchun o'tkazuvchanlikni yo'qotadi! Download 33.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling