U qiziqarli biznes romani shaklida yozilgan
Download 33.7 Kb.
|
The Goal summary
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-bob (maqsad)
- 6-bob (maqsad)
- 7-bob (maqsad)
4-bob (maqsad)
Yig’ilish davomida Aleks aeroportda eski fizika professori Iona bilan aeroportda ko’rishib qolganini eslaydi. iona o’zining sirli bilimi orqali Aleksning zavodi qanchalik yomon ishlayotgani haqidagi gaplar bilan Aleksni hayron qoldiradi. Oldindan hech qanday ma'lumotga ega bo'lmay turib, u katta hajmdagi zaxiralar va o'tkazib yuborilgan yetkazib berish muddatlari(missed deadlines) kabi muammolarni aniq bashorat qiladi. Ularning suhbati Iona samalyotga shoshilgani sabab bo’linadi. Ammo, Iona uni keyinchalik Aleksni o’ylantirib qo’yadigan savol bilan qoldiradi: O’zi kompaniyaning bosh maqsadi nima? 5-bob (maqsad) Aleksning fikri sarson bo'lib, u dam olish uchun yig'ilishni tark etadi. U Ionaning savoli haqida o'ylashni to'xtata olmaydi. To'satdan o’zi topgan javobga hayratga tushadi: kompaniyasining maqsadi - pul topish! Uni Maqsadga yaqinlashtiradigan har qanday narsa samaralidir. Demak, boshqa barcha harakatlar samarasizdir! 6-bob (maqsad) O'sha kuni kechqurun ofisga qaytib, Aleks zavod boshqaruvchisi Lu bilan o'tiradi. Birgalikda ular zavodning Maqsad va yangi narijalarga erishish yo'lidagi tafsilotlarini muhokama qiladilar. Naqd pul oqimini, investitsiyalar rentabelligini va sof foydani oshirishga shoshilinch ehtiyoj bor. Aleks raqamlarni ko’zdan kechirarkan, vazifa juda qiyin, deyarli imkonsiz ko'rinadi. Ularning suhbati kechgacha davom etadi va Aleks uyiga qo'ng'iroq qilganda, Juli bilan yana muammoga duch keldi ... 7-bob (maqsad) Uyga juda kech qaytgan Aleks vaziyatni ijobiyroq nuqtai nazardan qayta ko'rib chiqishni boshlaydi. Ammo u yana bir bor Ionaning yo'l-yo'riqlariga ehtiyoji borligini tushunadi ... 8-bob (maqsad) Ertasi kuni ertalab ish joyida, Aleks avvalgi kungi uchrashuvni o'tkazib yuborgani uchun Pichdan kechirim so'rashga harakat qiladi. Ammo vaziyatni yumshatolmagach, Aleks uni o'rniga Ionani qidirishga qaror qiladi. Aleks telefon orqali Iona bilan bog’lanadi va zavodini samarali ishlayotgani yoki yo’qligini aniqlash uchun qandaydir o’lchovlar kerakligini aytadi. Uning savollariga javoban, Iona uchta operatsion o'lchovni ochib beradi. "O’tkazuvchanlik(Throughput)- bu tizimning sotish orqali pul ishlab chiqarish tezligi." "Inventarizatsiya(Inventory) - bu tizim sotmoqchi bo'lgan narsalarni sotib olishga investitsiya qilgan barcha pullar." "Operatsion xarajat(Operational expenses) - bu inventarizatsiyani o'tkazuvchanlikka aylantirish uchun tizim sarflaydigan barcha pullar." Ularning suhbati yana qisqa bo’ldi. Aleks olgan javoblarini zavod faoliyatiga qanday bog'lash bo’yicha o'ylanib qoldi... Download 33.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling