U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev


Download 3.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/242
Sana06.10.2023
Hajmi3.88 Mb.
#1693882
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   242
Bog'liq
a12b69867f018f785135aa04d3624799 Operatsion tizimlar грифли 100 шт

Tarmoq OT larining turlari 
Kompyuterlar o‘rtasida funksiyalarni taqsimlanishiga qarab, ular 
ajratilgan server yoki klient tuguni rolida namoyon bo‘lishadi. Tarmoq 
quyidagi sxemalar asosida qurilgan bo‘lishi mumkin: 
 
Server va klient funksiyalari birlashtirilgan kompyuterlardan 
tashkil topgan tarmoq – birrangli tarmoq; 
 
Klient va server asosida qurilgan tarmoqlar – ajratilgan 
serverli tarmoq; 
 
Barcha turdagi tugunlardan tashkil topgan tarmoq – gibrid 
tarmoq deb nomlanadi. 
Birrangli tarmoqda operatsion tizim 
Birrangli tarmoqlarda barcha kompyuterlar bir-birlarining 
resurslaridan foydalanishda tengdir. Har bir foydalanuvchi, uning 
hohishiga binoan, kompyuteridagi har qanday resursni umumiy deb 
e’lon qilishi, shundan so‘ng boshqa foydalanuvchilar undan 
foydalanishlari mumkin. Birrangli tarmoqlarda barcha kompyuterlarga 
operatsion 
tizim 
o‘rnatilgan bo‘lib, u tarmoqdagi barcha 
kompyuterlarga teng imkoniyatlarni taqdim etadi. Ushbu turdagi 
tarmoq operatsion tizimlari birrangli operatsion tizimlar deb 
nomlanadi. 
Shubhasiz, 
birrangli 
operatsion 
tizimlar 
tarmoq 
xizmatlarining ham server, ham mijoz komponentlarini o‘z ichiga 
olishi kerak. Birrangli operatsion tizimlar sifatida Windows 2000 
Professional, Windows XP/Vista lar xizmat qilishi mumkin. O‘z 
navbatida tarmoqda o‘z resurslarini bo‘lishishni istamaydigan 
foydalanuvchilar ham uchraydi. Bunday holda, ularning operatsion 
tizimlarining server imkoniyatlari faollashtirilmaydi va kompyuterlar 
faqat mijoz rolini o‘ynaydi.
Ajratilgan serverli tarmoqda operatsion tizim 
Ajratilgan serverlari bo‘lgan tarmoqlarda maxsus server roli 
uchun optimallashtirilgan tarmoq operatsion tizimlari qo‘llaniladi. 
Ushbu tarmoqlarda foydalanuvchi kompyuterlari mijoz operatsion 
tizimlari boshqaruvida ishlaydi. Server sifatida ishlash uchun 
ixtisoslashgan 
operatsion 
tizimlar, 
server 
operatsiyalari 


233 
samaradorligini oshirishning tabiiy usulidir. Agar tarmoqda yuzlab va 
hatto 
minglab 
foydalanuvchilar 
bo‘lsa, 
umumiy 
resurslarga 
yuboriladigan so‘rovlarning intensivligi juda katta bo‘lishi mumkin va 
server ushbu so‘rovlar oqimini hech qanday kechiktirmasdan bajara 
oladi. Ushbu muammoning aniq yechimi, server sifatida kuchli 
qurilma platformasi va server funksiyalari uchun optimallashtirilgan 
operatsion tizimga ega kompyuterdan foydalanishdir. Ajratilgan 
serverli 
operatsion 
tizimlar 
sifatida 
Windows 
server 
NT/2008/2012/2016/2019, Solaris, Linux, FreeBSD va boshqalarni 
aytishimiz mumkin.

Download 3.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling