U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev


O‘rnatilgan tarmoq xizmatlari va tarmoq qobiqlari


Download 3.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/242
Sana06.10.2023
Hajmi3.88 Mb.
#1693882
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   242
Bog'liq
a12b69867f018f785135aa04d3624799 Operatsion tizimlar грифли 100 шт

O‘rnatilgan tarmoq xizmatlari va tarmoq qobiqlari 


231 
Amaliyotda tarmoq operatsion tizimlarini qurishda bir nechta 
yondashuvlar ishlab chiqilgan, ular operatsion tizimda tarmoq 
xizmatlarini amalga oshirishda quyidagilar bilan farqlanadi:
 tarmoq xizmatlari to‘plam sifatida birlashtirilgan - qobiq; 
 tarmoq xizmatlari alohida mahsulot sifatida ishlab chiqariladi 
va yetkazib beriladi; 
 tarmoq xizmatlari OTga chuqur joylashtirilgan. 
Birinchi yondashuv mavjud mahalliy operatsion tizim va uning 
ustiga o‘rnatilgan tarmoq qobig‘ining kombinatsiyasi sifatida 
yaratilgan birinchi tarmoq operatsion tizimlariga xos edi.
Tarmoq qobig‘i - bu mustaqil dasturiy mahsulot sifatida ishlab 
chiqilgan, qoida tariqasida, o‘zaro muvofiqlashtirilgan tarmoq 
xizmatlari to‘plamidir. Tarmoq qobiqlarini mijoz va serverga bo‘lish 
mumkin. Qobiq tarmoq xizmatlarining mijoz qismlarini o‘z ichiga 
olsa, mijoz qobig‘i deyiladi. Server qobig‘i kamida ikkita asosiy 
tarmoq xizmatlarining server komponentlarini o‘z ichiga oladi – fayl 
va chop etish xizmatlari. Hozirda faqat tarmoqda ishlash uchun 
yaratilgan maxsus operatsion tizimlar mavjud. Ushbu operatsion 
tizimlarning tarmoq funksiyalari tizimning asosiy modullariga 
joylashtirilgan, bu operatsion tizimning mantiqiy uyg‘unligini, 
shuningdek, yaxshiroq ishlashini ta’minlaydi. Agar barcha tarmoq 
xizmatlari yaxshi integratsiyalangan bo‘lsa va operatsion tizimning 
ajralmas qismi deb hisoblansa, unda bunday operatsion tizimning 
barcha ichki mexanizmlari tarmoq funksiyalarini bajarish uchun 
optimallashtirilishi mumkin.
Tarmoq OT lariga qo‘yiladigan talablar 
1. 
Masshtabiylik; 
2. 
Moslashuvchanlik; 
3. 
Oxirgi qurilmalardagi turli OT larni qo‘llab-quvvatlash;
4. 
Protokollar stekini qo‘llab-quvvatlash (TCP/IP, IPX/SPX, 
NetBIOS, DECnet, AppleTalk, OSI); 
5. 
Ko‘p serverli tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlash va boshqa OT lar 
bilan samarali integrallashish; 
6. 
Markazlashgan ma’lumotnomalar xizmatini bo‘lishi;
7. 
Servislar 
tizimini 
rivojlanishi: 
fayl-servis, 
print-servis, 
ma’lumotlar xavfsizligi, arxivlash, ma’lumotlar bazasi va boshqalar;


232 
8. 
Turli standartlardagi tarmoq qurilmalarini (Ethernet, Token 
Ring, ARCnet, FDDI) va tarmoqni boshqarish standartlarini qo‘llab-
quvvatlash. 

Download 3.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling