381
operatsion tizim uchun barcha K/Ch uchun javobgar va barcha turdagi
drayverlarga chaqiriqlarni amalga oshirishlari uchun yagona
ko‘rinishdagi interfeysni ta’minlaydi.
9.11- rasm. Windows K/Ch menejeri
Kiritish/chiqarish qurilmalarining asosiy imkoniyatlari
K/Ch menejeri to‘rt turdagi yadro komponentlari bilan yaqindan
ishlaydi.
Kesh menejeri: Kesh menejeri
barcha fayl tizimlari uchun
fayllarni keshlashni boshqaradi. U mavjud fizik xotira hajmiga qarab
ma’lum bir fayl uchun taqsimlangan kesh
hajmini dinamik ravishda
oshirishi va kamaytirishi mumkin. Tizim yangilanishlarni diskda
emas, balki, faqatgina keshda saqlaydi.
Yadro oqimi diskka yozish
uchun vaqti-vaqti bilan yangilanishlarni paketlaydi. Yangilanishlarni
paketlarga yozish orqali K/Ch samaradorligini
yanada oshirish
imkonini beradi.
Fayl tizimi drayverlari: K/Ch menejeri fayl tizimi drayverini
boshqa qurilma drayveri kabi qabul qiladi
va fayl tizimining qismini
(volume) kiritish/chiqarish so‘rovlarini ushbu qism uchun tegishli
dastur drayveriga yo‘naltiradi.
Fayl tizimi, o‘z navbatida,
qurilma
vositasi adapterini boshqaruvchi dastur drayverlariga kiritish/chiqarish
so‘rovlarini yuboradi.
Kesh
menejer
Fayl tizimi
drayverlari
Tarmoq
drayverlari
Apparat
qurilmalari
drayverlari
K/Ch menejeri
382
Tarmoq
drayverlari:
Windows
birlashtirilgan
tarmoq
imkoniyatlari va masofaviy fayl tizimlarini qo‘llab-quvvatlashni o‘z
ichiga oladi. Vositalar Windows bajaruvchisining bir qismi emas,
balki dasturiy ta’minot drayveri sifatida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: