U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev


Download 3.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet218/242
Sana06.10.2023
Hajmi3.88 Mb.
#1693882
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   242
Bog'liq
a12b69867f018f785135aa04d3624799 Operatsion tizimlar грифли 100 шт

Windowsda xotirani boshqarish 
Windows virtual xotira menejeri xotira qanday taqsimlanishi va 
almashtirish (paging) qanday bajarilishini boshqaradi. Xotira menejeri 
turli platformalarda ishlash va 4 Kbaytdan 64 Kbaytgacha bo‘lgan 
sahifalar hajmidan foydalanish uchun mo‘ljallangan. Intel va AMD64 
platformalarida har bir sahifada 4 Kbayt, Intel Itanium platformalarida 
esa har bir sahifa 8 Kbayt dan tashkil topadi.
Windowsda 
virtual 
manzil 
xaritasi. 
32-razryadli 
platformalarda, har bir Windows foydalanuvchi jarayoni alohida 32-
razryadli manzil maydonini ko‘radi va har bir jarayon uchun 4 Gb 
virtual xotirani ta’minlaydi. Odatda, ushbu xotiraning yarmi OT uchun 
ajratilgan (zaxiralangan), shuning uchun har bir foydalanuvchi amalda 
2 Gb virtual manzil maydoniga ega va barcha jarayonlar yadro 
rejimida ishlaganda yuqori 2 Gb tizim maydonining ko‘p qismini 
birgalikda ishlatadi. Mijozlar va serverlarda katta hajmdagi xotiraga 
ega ilovalar Windowsning 64-razryadli versiyasidan foydalangan 
holda yanada samarali ishlashi mumkin. Netbuklarga qo‘shimcha 
ravishda, zamonaviy kompyuterlarning aksariyati 32-razryadli yoki 
64-razryadli tizim sifatida ishlashi mumkin bo‘lgan AMD64 
protsessor arxitekturasidan foydalanadi. 9.10- rasmda odatiy 32-
razryadli foydalanuvchi jarayoniga ko‘rinadigan standart virtual 
manzil maydoni ko‘rsatilgan. U to‘rtta maydondan iborat:
0x00000000 dan 0x0000FFFF: Dasturchilarga NULL-
ko‘rsatkich vazifalarini aniqlashga yordam berish uchun ajratilgan.
0x00010000 dan 0x7FFEFFFF: Mavjud foydalanuvchi manzil 
maydoni. Bu maydon asosiy xotiraga yuklanishi mumkin bo‘lgan 
sahifalarga bo‘lingan.
 
0x7FFF00000 dan 0x7FFFFFFF: foydalanuvchi kirishi 
mumkin bo‘lma-gan himoya sahifasi. Ushbu sahifa OT uchun mavjud 
ko‘rsatkichdan (chegaradan) tashqaridagi havolalarni tekshirishni 
osonlashtiradi.


379 

Download 3.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling