Windowsda xotirani boshqarish
Windows virtual xotira menejeri xotira qanday taqsimlanishi va
almashtirish (paging) qanday bajarilishini boshqaradi. Xotira menejeri
turli platformalarda ishlash va 4 Kbaytdan 64 Kbaytgacha bo‘lgan
sahifalar hajmidan foydalanish uchun mo‘ljallangan. Intel va AMD64
platformalarida har bir sahifada 4 Kbayt, Intel Itanium platformalarida
esa har bir sahifa 8 Kbayt dan tashkil topadi.
Windowsda
virtual
manzil
xaritasi.
32-razryadli
platformalarda, har bir Windows foydalanuvchi jarayoni alohida 32-
razryadli manzil maydonini ko‘radi va har bir jarayon uchun 4 Gb
virtual xotirani ta’minlaydi. Odatda, ushbu xotiraning yarmi OT uchun
ajratilgan (zaxiralangan), shuning uchun har bir foydalanuvchi amalda
2 Gb virtual manzil maydoniga ega va barcha jarayonlar yadro
rejimida ishlaganda yuqori 2 Gb tizim maydonining ko‘p qismini
birgalikda ishlatadi. Mijozlar va serverlarda katta hajmdagi xotiraga
ega ilovalar Windowsning 64-razryadli versiyasidan foydalangan
holda yanada samarali ishlashi mumkin. Netbuklarga qo‘shimcha
ravishda, zamonaviy kompyuterlarning aksariyati 32-razryadli yoki
64-razryadli tizim sifatida ishlashi mumkin bo‘lgan AMD64
protsessor arxitekturasidan foydalanadi. 9.10- rasmda odatiy 32-
razryadli foydalanuvchi jarayoniga ko‘rinadigan standart virtual
manzil maydoni ko‘rsatilgan. U to‘rtta maydondan iborat:
0x00000000 dan 0x0000FFFF: Dasturchilarga NULL-
ko‘rsatkich vazifalarini aniqlashga yordam berish uchun ajratilgan.
0x00010000 dan 0x7FFEFFFF: Mavjud foydalanuvchi manzil
maydoni. Bu maydon asosiy xotiraga yuklanishi mumkin bo‘lgan
sahifalarga bo‘lingan.
0x7FFF00000 dan 0x7FFFFFFF: foydalanuvchi kirishi
mumkin bo‘lma-gan himoya sahifasi. Ushbu sahifa OT uchun mavjud
ko‘rsatkichdan (chegaradan) tashqaridagi havolalarni tekshirishni
osonlashtiradi.
379
Do'stlaringiz bilan baham: |