U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev


Download 3.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet221/242
Sana06.10.2023
Hajmi3.88 Mb.
#1693882
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   242
Bog'liq
a12b69867f018f785135aa04d3624799 Operatsion tizimlar грифли 100 шт

Qurilma drayverlari: Ushbu dastur drayverlari qurilma 
abstraktsiyasi qatlami (HAL) orqali kirish joylaridan foydalanib, 
yotdamchi qurilma registrlariga kirishadi. Ushbu protseduralar 
to‘plami Windows tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan har bir 
platforma uchun mavjud.
Asinxron va Sinxron K/Ch 
 
Windows K/Ch operatsiyalarining ikkita modelini taklif qiladi: 
asinxron va sinxron. Ilovaning ishlashini optimallashtirish uchun iloji 
boricha asinxron rejim ishlatiladi. Asinxron K/Ch bilan dastur K/Ch 
operatsiyasini boshlaydi va keyin K/Ch so‘rovi bajarilguncha qayta 
ishlashni 
(bajarishni) 
davom 
ettirishi 
mumkin. 
Sinxron 
kiritish/chiqarishda dastur kiritish/chiqarish operatsiyasi tugaguncha 
bloklanadi. Asinxron K/Ch chaqiriq oqimi nuqtai nazaridan 
samaraliroq hisoblanadi, chunki u K/Ch operatsiyasini K/Ch menejeri 
tomonidan navbatga qo‘yilgan va keyinchalik bajariladigan oqimni 
bajarishni davom ettirishga imkon beradi. Shu bilan birga, asinxron 
K/Ch operatsiyasini chaqirgan dastur operatsiya qachon tugashini 
aniqlash uchun ba’zi usullarni talab qiladi. Windows K/Ch ni 
tugaganligini bildirish uchun quyidagi besh xil signal usulini taqdim 
etadi: 
 Fayl obyekti signali (Signaling the file object); 
 Hodisa obyekti signali (Signaling an event object); 
 Asinxron protsedura chaqirig‘i (Asynchronous procedure 
call); 
 K/Ch ni tugatish portlari (I/O completion ports); 
 So‘rov (Polling). 
RAID (Redundant Arrays of Independent Disks) dasturi 
Windows ikki xil RAID konfiguratsiyasini qo‘llab-quvvatlaydi, 
va ular quyidagicha aniqlanadi: 
Qurilma RAID: diskni saqlash qurilmasi shkafi yoki kontroller 
qurilmasi orqali bir yoki bir nechta mantiqiy disklarga birlashtirilgan 
fizik disklar. 


383 
Dasturiy ta’minot RAID: xatoliklarga bardoshli FTDISK disklari 
dasturiy ta’minot drayveri tomonidan bir yoki bir nechta mantiqiy 
qismlarga birlashtirilgan uzluksiz disk maydoni. 

Download 3.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling