U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev


Download 3.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet224/242
Sana06.10.2023
Hajmi3.88 Mb.
#1693882
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   242
Bog'liq
a12b69867f018f785135aa04d3624799 Operatsion tizimlar грифли 100 шт

NTFS fayl tizimi 
NTFS (NT File System) fayl tizimi FAT va HPFS (OS/2 uchun 
fayl tizimi) va o‘sha davrdagi boshqa mavjud fayl tizimlarini ishlab 
chiqishda orttirilgan tajriba hisobiga 1990-yillar boshlarida Windows 
NT OT uchun asosiy fayl tizimi sifatida ishlab chiqildi. Bugungi 
kunda NTFS Windows NT OT oilasining barcha versiyalarida, ya’ni, 
Windows NT 3.1 versiyasidan boshlab hozirgi kundagi Windows 8.1, 
Windows 10, Windows Server 2019 operatsion tizimlarida ham 
qo‘llanadi.
NTFS fayl tizimi xususiyatlari: 
 Katta fayllarni va 2
64
baytgacha hajmdagi disklarni qo‘llab-
quvvatlashi; 
 Diskni boshqaruv apparaturasi va dasturi uzilish bo‘lganda va 
rad etilgandan so‘ng qayta tiklanishi; 
 Katta o‘lchamli disklarda operatsiyalar tezligining yuqoriligi; 
 Fragmentatsiyalashning past darajasi, ya’ni katta o‘lchamli 
disklarda; 
 Yumshoq struktura, yangi yozuv turlarini qo‘shish hisobiga 
rivojlantirish va avvalgi FT versiyalari bilan muvofiq saqlaydigan fayl 
atributlari;


388 
 Diskli tarqatgich rad etilishiga bardoshlilik; 
 Alohida fayl va kataloglarga kirishni boshqarish. 
NTFS tuzilishi 
FAT va s5/ufs bo‘limlaridan farqi NTFS yoxud faylni o‘zini 
yoxud fayl qismini taqdim etadi. NTFS asosiy tuzilishi bosh fayl 
jadvali (Master File Table, MFT) hisoblanadi. MFT har bir fayli disk 
hajmiga bog‘liq (1, 2 yoki 4 kbayt) belgilangan uzunlikka ega bo‘ladi. 
Katta o‘lchamli disklar uchun MFT yozuvi o‘lchami 2 Kbaytga teng, 
uni biz yozuv o‘lchami deb hisoblaymiz. NTFS fayllar MFT da fayllar 
holatini belgilovchi fayl raqamini identifikatsiyalaydi. Faylni 
identifikatsiya-lashning bu yo‘li s5 va ufs fayl tizimlarida 
foydalaniladigan yo‘lga yaqinroq. NTFS klasterlar ketma ketligidan 
iborat bo‘ladi. NTFS klasterlar tartib raqami klasterning mantiqiy 
raqami (Logical Cluster Number, LCN) deb ataladi. NTFS fayli ham 
klasterlar ketma-ketligidan iborat bo‘ladi, shu sababli faylning ichki 
klaster tartib raqami virtual klaster raqami (Virtual Cluster Number, 
VCN) deb ataladi.
Yuklovchi sektor 




MFT 
15 
Tizim fayli 1 
Tizim fayli 2 
Tizim fayli n 
MFT nusxasi (birinchi uchta yozuv ) 
Fayl N – 1 
Yuklovchi blokning nusxasi 
MFT 
Fayl M 
MFT 
9.14- rasm. NTFS fayl tizimi tuzilishi 
Birinchi MFT 
kesmasi 
Ikkinchi MFT 
kesmasi 
Uchinchi MFT 
kesmasi 


389 
NTFS da klaster tartib raqamlarini saqlash uchun 264 ta 
klastergacha fayl o‘lchamini va diskni qo‘llab-quvvatlash 
imkoniyatini beradigan 64 razryadli ko‘rsatkichdan foydalanadi. 
Klasterning o‘lchami 4 Kbayt - 64 milliard kilobaytdan iborat fayl va 
disklardan foydalanish imkonini beradi. NTFS ning tuzilishini 9.14- 
rasmda ko‘rsatilgan. NTFS yuklovchi bloki bo‘limlar boshida 
joylashgan, uni nusxasi esa – bo‘lim o‘rtasida joylashgan. Yuklovchi 
blok BIOS parametrning standart bloklarini, bo‘limdagi bloklar 
miqdorini, shuningdek MFT asosiy nusxa boshlang‘ich mantiqiy 
klaster raqami va MFT ochiq nusxasini o‘z ichiga oladi.
So‘ng birinchi bo‘lakda MFT joylashadi u o‘z ichiga NTFS fayl 
tizimi to‘g‘risida yozuvlarni shakllantirishga yordam beradigan 16 ta 
standart tashkil qiluvchilarni oladi.  
NTFS da fayl tuzilishi 
NTFS dagi har bir fayl va katalog atributlar to‘plamidan iborat 
bo‘ladi. Fayl nomi va uni ma’lumotlari fayl atributi sifatida ko‘riladi. 
NTFS har bir atributi maydonlardan iborat bo‘ladi: atribut turi, 
uzunligi, qiymati va imkoniyatlari. Atribut turi, uzunligi va nomi 
atribut sarlovhasida ko‘rsatiladi. Tizimning mavjud atributlar to‘plami 
NTFS tuzilishini ifodalaydi. Tizim atributlari belgilangan nomga va 
uning turi kodiga, hamda aniq bir formaga (shaklga) ega bo‘ladi. 
Foydalanuvchilarni aniqlashda atributlarni qo‘llash mumkin. Fayl 
atributlarini saqlashning ikki xil yo‘li mavjud – MFT jadval yozuvida 
rezidentli saqlash va uni tashqi qismlarda norezidentli saqlash. 
Bunday ko‘rinishda fayl rezidentli qismi rezidentli atributlardan iborat 
bo‘ladi, norezidentli qismi esa – norezident atributlardan iborat 
bo‘ladi. Saralash faqat rezidentli atributlar bo‘yicha amalga oshirilishi 
mumkin.
Tizim to‘plami quyidagi atributlarni o‘z ichiga oladi:
 Atributlar ro‘yxati (Attribute List) – har bir atribut 
joylashgan MFT yozuv raqamlari joyini ko‘rsatuvchi manzilni o‘z 
ichiga olgan fayldan iborat bo‘ladi.
 Fayl nomi (File Name) – Unicode formatidagi fayl nomi 
uzunligi, hamda ona katalogi uchun MFT jadvaliga kiradigan raqam; 
agar bu fayl bir nechta kataloglardan iborat bo‘lsa, u holda unda File 

Download 3.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling