390
versiya
(Version) – faylning so‘nggi versiya raqami;
deskriptor xavfsizligi – kirish qoidalar ro‘yxatini (ACL) va
ushbu faylda qanday xildagi operatsiyani ro‘yxatdan o‘tkazish
kerakligini belgilovchi audit maydonini o‘z
ichiga olgan himoya
to‘g‘risidagi axborot;
bo‘lim versiyasi
(Volume Version) – faqat fayl bo‘limida
foydalaniladi;
bo‘lim nomi
(Volume Name);
ma’lumotlar
(Data) – odatiy fayl ma’lumotlari;
MFT bitli kartasi
(MFT bitmap) – bo‘lim
blokida
foydalaniladigan xarita;
Indeks ildizi
(Index Root) – daraxt ildizi katalogdan faylni
izlash uchun foydalaniladi;
Indeksni joylashtirish (Index Allocation) – V daraxt indeksli
ro‘yxat norezident qismi;
Standart axborot
(Standard Information) - bu atribut fayl
to‘g‘risidagi qolgan barcha standart axborotlarni saqlaydi. Ya’ni biron
bir boshqa fayl atributi bilan bog‘lanish murakkab bo‘lgan holatlarda,
masalan, faylni yaratish vaqti, yangilanish vaqti va boshqalar.
NTFS
fayllari kichik, katta, juda katta va eng kata joylashtirish
usullariga bog‘liq.
Kichik fayllar. Agar fayl kichik hajmga ega bo‘lsa, u holda u
MFT ning bitta yozuvi
ichida joylashtirilishi mumkin, masalan, 2
kbayt o‘lchamda. NTFS kichik fayllari quyidagi atributlardan iborat
bo‘ladi (9.15- rasm).
Standart axborot (Standard Information, SI);
Fayl nomi (File Name, FN);
Ma’lumotlar (Data);
Deskriptor xavfsizlik (Security Descriptor, SD).
9.15- rasm. Katta bo‘lmagan NTFS fayli
391
Katta fayllar. Agar fayl ma’lumot MFT bitta yozuvida
joylashmasa, u holda bu fakt ma’lumotlar
atributi sarlavhasida
ko‘rsatiladi. Bu holatda ma’lumotlar atributi har bir ma’lumot qismida
manzil axborotini o‘z ichiga oladi (9.16- rasm).
9.16- rasm. Katta fayl
9.17- rasm. Juda katta fayl
Juda katta fayllar. Agar uning ma’lumotlar atributlari bir necha
marotaba katta bo‘lsa va bitta yozuvga joylashtirib bo‘lmasa, u holda
392
bu atribut MFT ning boshqa yozuviga joylashtiriladi. Bunday atribut
havola faylning asosiy yozuviga joylashtiriladi (9.17- rasm). Bu
havola
Attribute List atributini o‘z ichiga oladi. Ma’lumot atributining
o‘zi esa ma’lumot norezident qismi manzilini o‘z ichiga oladi.
Eng katta fayllar.
Eng katta fayl uchun Attribute List atributida
MFTning qo‘shimcha yozuvlari joylashgan bir nechta atributlarni
ko‘rsatadi (9.18- rasm).
9.18- rasm. Eng katta fayl
Bundan tashqari ikkilik yordamchi manzillashdan foydalanish
mumkin. U holda norezident atribut
boshqa norezident atributga
ko‘rsatiladi, natijada NTFS da uzunlik tizim uchun atribut eng katta
bo‘lmasligi ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: