U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev
Android mobil operatsion tizimi, qurilish tamoyili va
Download 3.88 Mb. Pdf ko'rish
|
a12b69867f018f785135aa04d3624799 Operatsion tizimlar грифли 100 шт
9.3. Android mobil operatsion tizimi, qurilish tamoyili va
ahamiyati Mobil qurilmalarning operatsion tizimlari So‘nggi bir necha yillardan beri, mobil qurilmalar sanoati shunchalik ulkanlashib kettiki, internetdan umumiy foydalanish va faollik bo‘yicha hattoki kompyuterlar bozorini ham egallab bormoqda. Bu albatta mobil vositalardagi ustunlik, hamda ma’lumotlar tarmog‘i bo‘yicha muntazam aloqa tezligi sababidandir. Huddi kompyuterlar o‘tmishidagi singari, mobil operatsion tizimlari (OT) ishlab chiqaruvchilari orasida ham yakka liderlik uchun kurash boshlanib ketdi. Eng talabgorlar ro‘yhatiga iOS, Android va Windows Mobile lar turli sanoat ishtirokchilari tomonidan kiritilgan. Ushbu holat nafaqat kim eng kuchli ekanligi to‘g‘risidagi savol, balki, siz uchun qaysi biri to‘g‘ri kelishini bilish uchun ham muhimdir. Ushbu bo‘limda biz mobil qurilmalar uchun mavjud bo‘lgan asosiy operatsion tizimlarni ko‘rib chiqamiz. Bugungi kunda mobil qurilmalarda eng ko‘p qo‘llaniladigan asosiy operatsion tizimlar Android va iOS dir. Undan keyingi o‘rinlarda birinchi bo‘lib yaratilgan smartfonlardan Blackberry va Windows Mobile ni keltirishimiz mumkin. Biz mavzuimizni mobil qurilmalarda eng ko‘p qo‘llanilgan, dastlabki va hozirgi kundagi mobil qurilmalarning operatsion tizimlari tarixidan boshlaymiz. Mobil qurilmalarning operatsion tizimlari ham juda xilma-xildir. Lekin hozirgi kunda ularning ko‘pchiligi mobil OTlar bozorida o‘z o‘rnini yo‘qotgan. Mobil oparatsion tizimlariga misol qilib Blackberry (o‘zining qurilmalari uchun ishlab chiqilgan), Palm (2001yildagi 398 mobil operatsion tizimlari orasida yetakchilardan bo‘lgan), Symbian (2004-2010yillargacha birinchi o‘rinlarda yurgan), iOS (2007yil) va Android (2008yil) operatsion tizimlari ishlab chiqarilgandan so‘ng, Symbian operatsion tizimi o‘z o‘rnini sekin astalik bilan ushbu operatsion tizimlarga bo‘shatib berdi. 2011yilning uchunchi choragida katta yetakchilik bilan Android operatsion tizimi boshqa mobil qurilmalarning operatsion tizimlarini ortda qoldirdi (50% ni tashkil qildi). 2013yilga kelib bu ko‘rsatgich 80% ni tashkil qildi, va bu yetakchilik hozirgi kungacha saqlanib kelmoqda. Biz yuqorida mobil operatsion tizimlar bozorida o‘z o‘rnini egallagan mobil qurilmalar haqida gaplashdik, bulardan tashqari yana ko‘plab mobil operatsion tizimlarni keltirish mumkin. Smartfon yoki planshet universal kompyuterlardir. Ular fayl tizimi, xotira, operatsion tizim va dasturlarga ega. Operatsion tizim zararli dasturlardan himoyasiz. Ba’zi platformalar boshqalarga qaraganda zaifroq, ammo har bir platforma zararli dasturlarning hujumlariga duch kelishi mumkin. Mobil qurilma va noutbuk yoki ish stoli tizimi o‘rtasidagi farq ma’lumotlar va interfeyslarni boshqarishdan iborat. Bu qurilmadagi ma’lumotlarga kirishni qiyinlashtiradi. Yaxshiyamki, ushbu ma’lumotlarni olish usullari mavjud. Biz turli xil mobil operatsion tizimlar haqida gaplashayotgan bo‘lsakda, bu yerda asosiy maqsad ular haqida batafsil gaplashish emas. Biz ushbu mobil operatsion tizimlar nima, qanday tuzilganligi va ulardan ma’lumotlarni olishning ba’zi usullari haqida gaplashamiz. Eng muhimi shundaki, ushbu tizimlar mobil bo‘lmagan tizim bilan qanday o‘zaro bog‘liq. Barcha smartfonlarda operativ xotira va doimiy xotira (saqlash) qurilmalari mavjud. Xotira energiyaga bog‘liqdir, ya’ni tizim o‘chirilishi bilan uning tarkibi o‘chib ketadi. Xotira qisqa ma’lumotlarning joylashuvini nazarda tutsada, saqlash qurilmasi bu sizning kompyuteringizning komponentidir, bu sizga uzoq muddat ma’lumotlarni saqlash va kirishga imkon beradi. Ushbu xotira qurilmasi flesh xotira deb ataladi. Download 3.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling