407
data: foydalanuvchi ma’lumotlari,
shuningdek kontaktlar va
matnli xabarlar saqlanadigan ma’lumotlar katalogi.
default.prop: bu standart xususiyatlarni o‘z ichiga olgan fayl.
dev: bu Linux tizimidagi /dev katalogi bilan bir xil.
Bu telefon
yoki planshetdagi qo‘shimcha qurilmalarga
tegishli barcha maxsus
fayllarni o‘z ichiga oladi.
etc: Linux tizimi kabi etc katalogi sozlash fayllarini o‘z
ichiga
oladi.
init: bu telefon yoki planshet ishga
tushganda barcha boshqa
xizmatlar va dasturlarni ishga tushirish
uchun ishlatiladigan asosiy
jarayon. Ushbu dastur ushbu katalogda saqlanadi.
mnt: Linux tizimi kabi, bu tashqi qurilmalar uchun o‘rnatish
nuqtasi.
proc: proc
katalogi soxta fayllar tizimi,
u ishga tushirilgan
jarayonlar bilan bog‘liq kataloglar va fayllarni o‘z ichiga oladi.
root: bu super foydalanuvchi uchun uy katalogidir.
sdcard: sdcard katalogi, ma’lumotlarni saqlash mumkin bo‘lgan
SD-kartani ulash joyidir.
sys: bu sysfs soxta fayl tizimi uchun ulanish nuqtasi, yadro ichki
tuzilishi bilan bog‘liq ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
system: tizim katalogi, unda Linux va Unix tizimlarida bo‘lgani
kabi barcha umumiy kataloglar saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: