U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev


 Android mobil operatsion tizimi, qurilish tamoyili va


Download 3.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet228/242
Sana06.10.2023
Hajmi3.88 Mb.
#1693882
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   242
Bog'liq
a12b69867f018f785135aa04d3624799 Operatsion tizimlar грифли 100 шт

9.3. Android mobil operatsion tizimi, qurilish tamoyili va 
ahamiyati 
Mobil qurilmalarning operatsion tizimlari 
So‘nggi bir necha yillardan beri, mobil qurilmalar sanoati 
shunchalik ulkanlashib kettiki, internetdan umumiy foydalanish va 
faollik bo‘yicha hattoki kompyuterlar bozorini ham egallab bormoqda. 
Bu albatta mobil vositalardagi ustunlik, hamda ma’lumotlar tarmog‘i 
bo‘yicha muntazam aloqa tezligi sababidandir.
Huddi kompyuterlar o‘tmishidagi singari, mobil operatsion 
tizimlari (OT) ishlab chiqaruvchilari orasida ham yakka liderlik uchun 
kurash boshlanib ketdi. Eng talabgorlar ro‘yhatiga iOS, Android va 
Windows Mobile lar turli sanoat ishtirokchilari tomonidan kiritilgan. 
Ushbu holat nafaqat kim eng kuchli ekanligi to‘g‘risidagi savol, balki, 
siz uchun qaysi biri to‘g‘ri kelishini bilish uchun ham muhimdir. 
Ushbu bo‘limda biz mobil qurilmalar uchun mavjud bo‘lgan asosiy 
operatsion tizimlarni ko‘rib chiqamiz. Bugungi kunda mobil 
qurilmalarda eng ko‘p qo‘llaniladigan asosiy operatsion tizimlar 
Android va iOS dir. Undan keyingi o‘rinlarda birinchi bo‘lib 
yaratilgan smartfonlardan Blackberry va Windows Mobile ni 
keltirishimiz mumkin. Biz mavzuimizni mobil qurilmalarda eng ko‘p 
qo‘llanilgan, dastlabki va hozirgi kundagi mobil qurilmalarning 
operatsion tizimlari tarixidan boshlaymiz. 
Mobil qurilmalarning operatsion tizimlari ham juda xilma-xildir. 
Lekin hozirgi kunda ularning ko‘pchiligi mobil OTlar bozorida o‘z 
o‘rnini yo‘qotgan. Mobil oparatsion tizimlariga misol qilib Blackberry 
(o‘zining qurilmalari uchun ishlab chiqilgan), Palm (2001yildagi 


398 
mobil operatsion tizimlari orasida yetakchilardan bo‘lgan), Symbian 
(2004-2010yillargacha birinchi o‘rinlarda yurgan), iOS (2007yil) va 
Android (2008yil) operatsion tizimlari ishlab chiqarilgandan so‘ng, 
Symbian operatsion tizimi o‘z o‘rnini sekin astalik bilan ushbu 
operatsion tizimlarga bo‘shatib berdi. 2011yilning uchunchi choragida 
katta yetakchilik bilan Android operatsion tizimi boshqa mobil 
qurilmalarning operatsion tizimlarini ortda qoldirdi (50% ni tashkil 
qildi). 2013yilga kelib bu ko‘rsatgich 80% ni tashkil qildi, va bu 
yetakchilik hozirgi kungacha saqlanib kelmoqda. Biz yuqorida mobil 
operatsion tizimlar bozorida o‘z o‘rnini egallagan mobil qurilmalar 
haqida gaplashdik, bulardan tashqari yana ko‘plab mobil operatsion 
tizimlarni keltirish mumkin.
Smartfon yoki planshet universal kompyuterlardir. Ular fayl 
tizimi, xotira, operatsion tizim va dasturlarga ega. Operatsion tizim 
zararli dasturlardan himoyasiz. Ba’zi platformalar boshqalarga 
qaraganda zaifroq, ammo har bir platforma zararli dasturlarning 
hujumlariga duch kelishi mumkin. Mobil qurilma va noutbuk yoki ish 
stoli 
tizimi 
o‘rtasidagi farq ma’lumotlar va interfeyslarni 
boshqarishdan iborat. Bu qurilmadagi ma’lumotlarga kirishni 
qiyinlashtiradi. Yaxshiyamki, ushbu ma’lumotlarni olish usullari 
mavjud. Biz turli xil mobil operatsion tizimlar haqida gaplashayotgan 
bo‘lsakda, bu yerda asosiy maqsad ular haqida batafsil gaplashish 
emas. Biz ushbu mobil operatsion tizimlar nima, qanday tuzilganligi 
va ulardan ma’lumotlarni olishning ba’zi usullari haqida gaplashamiz. 
Eng muhimi shundaki, ushbu tizimlar mobil bo‘lmagan tizim bilan 
qanday o‘zaro bog‘liq. Barcha smartfonlarda operativ xotira va 
doimiy xotira (saqlash) qurilmalari mavjud. Xotira energiyaga 
bog‘liqdir, ya’ni tizim o‘chirilishi bilan uning tarkibi o‘chib ketadi. 
Xotira qisqa ma’lumotlarning joylashuvini nazarda tutsada, saqlash 
qurilmasi bu sizning kompyuteringizning komponentidir, bu sizga 
uzoq muddat ma’lumotlarni saqlash va kirishga imkon beradi. Ushbu 
xotira qurilmasi flesh xotira deb ataladi.

Download 3.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling