U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev


Name turidagi bir nechta atributlar bo‘ladi; bu atributlar har doim  rezidentli bo‘lishi kerak.  MS-DOS nomi (MS-DOS Name) –


Download 3.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet225/242
Sana06.10.2023
Hajmi3.88 Mb.
#1693882
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   242
Bog'liq
a12b69867f018f785135aa04d3624799 Operatsion tizimlar грифли 100 шт

Name turidagi bir nechta atributlar bo‘ladi; bu atributlar har doim 
rezidentli bo‘lishi kerak.
 MS-DOS nomi (MS-DOS Name) – fayl nomi;


390 
 versiya (Version) – faylning so‘nggi versiya raqami; 
 deskriptor xavfsizligi – kirish qoidalar ro‘yxatini (ACL) va 
ushbu faylda qanday xildagi operatsiyani ro‘yxatdan o‘tkazish 
kerakligini belgilovchi audit maydonini o‘z ichiga olgan himoya 
to‘g‘risidagi axborot; 
 bo‘lim versiyasi (Volume Version) – faqat fayl bo‘limida 
foydalaniladi; 
 bo‘lim nomi (Volume Name); 
 ma’lumotlar (Data)  – odatiy fayl ma’lumotlari; 
 MFT bitli kartasi (MFT bitmap) bo‘lim blokida 
foydalaniladigan xarita; 
 Indeks ildizi (Index Root) – daraxt ildizi katalogdan faylni 
izlash uchun foydalaniladi;
Indeksni joylashtirish (Index Allocation) – V daraxt indeksli 
ro‘yxat norezident qismi; 
 Standart axborot (Standard Information) - bu atribut fayl 
to‘g‘risidagi qolgan barcha standart axborotlarni saqlaydi. Ya’ni biron 
bir boshqa fayl atributi bilan bog‘lanish murakkab bo‘lgan holatlarda, 
masalan, faylni yaratish vaqti, yangilanish vaqti va boshqalar.
NTFS fayllari kichik, katta, juda katta va eng kata joylashtirish 
usullariga bog‘liq. 
Kichik fayllar. Agar fayl kichik hajmga ega bo‘lsa, u holda u 
MFT ning bitta yozuvi ichida joylashtirilishi mumkin, masalan, 2 
kbayt o‘lchamda. NTFS kichik fayllari quyidagi atributlardan iborat 
bo‘ladi (9.15- rasm). 
 Standart axborot (Standard Information, SI); 
 Fayl nomi (File Name, FN); 
 Ma’lumotlar (Data); 
 Deskriptor xavfsizlik (Security Descriptor, SD). 
9.15- rasm. Katta bo‘lmagan NTFS fayli 


391 
Katta fayllar. Agar fayl ma’lumot MFT bitta yozuvida 
joylashmasa, u holda bu fakt ma’lumotlar atributi sarlavhasida 
ko‘rsatiladi. Bu holatda ma’lumotlar atributi har bir ma’lumot qismida 
manzil axborotini o‘z ichiga oladi (9.16- rasm). 
9.16- rasm. Katta fayl 
 
9.17- rasm. Juda katta fayl 
Juda katta fayllar. Agar uning ma’lumotlar atributlari bir necha 
marotaba katta bo‘lsa va bitta yozuvga joylashtirib bo‘lmasa, u holda 


392 
bu atribut MFT ning boshqa yozuviga joylashtiriladi. Bunday atribut 
havola faylning asosiy yozuviga joylashtiriladi (9.17- rasm). Bu 
havola Attribute List atributini o‘z ichiga oladi. Ma’lumot atributining 
o‘zi esa ma’lumot norezident qismi manzilini o‘z ichiga oladi.
Eng katta fayllar. Eng katta fayl uchun Attribute List atributida 
MFTning qo‘shimcha yozuvlari joylashgan bir nechta atributlarni 
ko‘rsatadi (9.18- rasm). 
9.18- rasm. Eng katta fayl 
Bundan tashqari ikkilik yordamchi manzillashdan foydalanish 
mumkin. U holda norezident atribut boshqa norezident atributga 
ko‘rsatiladi, natijada NTFS da uzunlik tizim uchun atribut eng katta 
bo‘lmasligi ham mumkin.

Download 3.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling