U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev
Download 3.88 Mb. Pdf ko'rish
|
a12b69867f018f785135aa04d3624799 Operatsion tizimlar грифли 100 шт
- Bu sahifa navigatsiya:
- Attribute List)
NTFS fayl tizimi
NTFS (NT File System) fayl tizimi FAT va HPFS (OS/2 uchun fayl tizimi) va o‘sha davrdagi boshqa mavjud fayl tizimlarini ishlab chiqishda orttirilgan tajriba hisobiga 1990-yillar boshlarida Windows NT OT uchun asosiy fayl tizimi sifatida ishlab chiqildi. Bugungi kunda NTFS Windows NT OT oilasining barcha versiyalarida, ya’ni, Windows NT 3.1 versiyasidan boshlab hozirgi kundagi Windows 8.1, Windows 10, Windows Server 2019 operatsion tizimlarida ham qo‘llanadi. NTFS fayl tizimi xususiyatlari: Katta fayllarni va 2 64 baytgacha hajmdagi disklarni qo‘llab- quvvatlashi; Diskni boshqaruv apparaturasi va dasturi uzilish bo‘lganda va rad etilgandan so‘ng qayta tiklanishi; Katta o‘lchamli disklarda operatsiyalar tezligining yuqoriligi; Fragmentatsiyalashning past darajasi, ya’ni katta o‘lchamli disklarda; Yumshoq struktura, yangi yozuv turlarini qo‘shish hisobiga rivojlantirish va avvalgi FT versiyalari bilan muvofiq saqlaydigan fayl atributlari; 388 Diskli tarqatgich rad etilishiga bardoshlilik; Alohida fayl va kataloglarga kirishni boshqarish. NTFS tuzilishi FAT va s5/ufs bo‘limlaridan farqi NTFS yoxud faylni o‘zini yoxud fayl qismini taqdim etadi. NTFS asosiy tuzilishi bosh fayl jadvali (Master File Table, MFT) hisoblanadi. MFT har bir fayli disk hajmiga bog‘liq (1, 2 yoki 4 kbayt) belgilangan uzunlikka ega bo‘ladi. Katta o‘lchamli disklar uchun MFT yozuvi o‘lchami 2 Kbaytga teng, uni biz yozuv o‘lchami deb hisoblaymiz. NTFS fayllar MFT da fayllar holatini belgilovchi fayl raqamini identifikatsiyalaydi. Faylni identifikatsiya-lashning bu yo‘li s5 va ufs fayl tizimlarida foydalaniladigan yo‘lga yaqinroq. NTFS klasterlar ketma ketligidan iborat bo‘ladi. NTFS klasterlar tartib raqami klasterning mantiqiy raqami (Logical Cluster Number, LCN) deb ataladi. NTFS fayli ham klasterlar ketma-ketligidan iborat bo‘ladi, shu sababli faylning ichki klaster tartib raqami virtual klaster raqami (Virtual Cluster Number, VCN) deb ataladi. Yuklovchi sektor 0 1 2 3 MFT 15 Tizim fayli 1 Tizim fayli 2 Tizim fayli n MFT nusxasi (birinchi uchta yozuv ) Fayl N – 1 Yuklovchi blokning nusxasi MFT Fayl M MFT 9.14- rasm. NTFS fayl tizimi tuzilishi Birinchi MFT kesmasi Ikkinchi MFT kesmasi Uchinchi MFT kesmasi 389 NTFS da klaster tartib raqamlarini saqlash uchun 264 ta klastergacha fayl o‘lchamini va diskni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatini beradigan 64 razryadli ko‘rsatkichdan foydalanadi. Klasterning o‘lchami 4 Kbayt - 64 milliard kilobaytdan iborat fayl va disklardan foydalanish imkonini beradi. NTFS ning tuzilishini 9.14- rasmda ko‘rsatilgan. NTFS yuklovchi bloki bo‘limlar boshida joylashgan, uni nusxasi esa – bo‘lim o‘rtasida joylashgan. Yuklovchi blok BIOS parametrning standart bloklarini, bo‘limdagi bloklar miqdorini, shuningdek MFT asosiy nusxa boshlang‘ich mantiqiy klaster raqami va MFT ochiq nusxasini o‘z ichiga oladi. So‘ng birinchi bo‘lakda MFT joylashadi u o‘z ichiga NTFS fayl tizimi to‘g‘risida yozuvlarni shakllantirishga yordam beradigan 16 ta standart tashkil qiluvchilarni oladi. NTFS da fayl tuzilishi NTFS dagi har bir fayl va katalog atributlar to‘plamidan iborat bo‘ladi. Fayl nomi va uni ma’lumotlari fayl atributi sifatida ko‘riladi. NTFS har bir atributi maydonlardan iborat bo‘ladi: atribut turi, uzunligi, qiymati va imkoniyatlari. Atribut turi, uzunligi va nomi atribut sarlovhasida ko‘rsatiladi. Tizimning mavjud atributlar to‘plami NTFS tuzilishini ifodalaydi. Tizim atributlari belgilangan nomga va uning turi kodiga, hamda aniq bir formaga (shaklga) ega bo‘ladi. Foydalanuvchilarni aniqlashda atributlarni qo‘llash mumkin. Fayl atributlarini saqlashning ikki xil yo‘li mavjud – MFT jadval yozuvida rezidentli saqlash va uni tashqi qismlarda norezidentli saqlash. Bunday ko‘rinishda fayl rezidentli qismi rezidentli atributlardan iborat bo‘ladi, norezidentli qismi esa – norezident atributlardan iborat bo‘ladi. Saralash faqat rezidentli atributlar bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin. Tizim to‘plami quyidagi atributlarni o‘z ichiga oladi: Atributlar ro‘yxati (Attribute List) – har bir atribut joylashgan MFT yozuv raqamlari joyini ko‘rsatuvchi manzilni o‘z ichiga olgan fayldan iborat bo‘ladi. Fayl nomi (File Name) – Unicode formatidagi fayl nomi uzunligi, hamda ona katalogi uchun MFT jadvaliga kiradigan raqam; agar bu fayl bir nechta kataloglardan iborat bo‘lsa, u holda unda File Download 3.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling