U rganch davlat universiteti
N-3 Niveliri tuzilishi Reykadan olingan sanoq
Download 1.78 Mb.
|
kus gotov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kompensatorli N-3K niveliri
- N-3K Nivelir tuzilishi Reykadan olingan sanoq 8.8- shakl. 8.9- shakl.
N-3 Niveliri tuzilishi Reykadan olingan sanoq
8.7 shakl. uchta ko‘targich vint 11 yordamida doiraviy adilak pufakchasi o‘rtaga keltiriladi. Doiraviy adilak zarur paytda uchta tuzatgich vint 12 bilan tuzatiladi. Ko‘rish trubasining maydonida reyka va adilak pufakchasi uchlarining tasviri 8.7-shaklda keltirilgan. Iplar to‘ri okulyar 9 oldida joylashgan bo‘lib, tuzatish vintlariga ega emas. Doiraviy adilak 3 (8.6-shakl) nivelir aylanish o‘qini dastlabki vertikal holatga keltirishga xizmat qiladi. Doiraviy adilak pufakchasi markazga keltirilsa, ko‘rish trubasi maydonida silindrik adilak pufakchasi uchlarining tasviri ko‘rinadi. Ular uchini o‘zaro tutashtirish elevatsion vinti 8 ni burab amalga oshiriladi. Kompensatorli N-3K niveliri Bu nivelir — N-3 nivelirining o‘zgartirilgan konstruksiyasi bo‘lib, mayatnikli optik-mexanik kompensatorga ega. Trubaning vizir o‘qi ushbu kompensator yordamida o‘z-o‘zidan avtomatik ravishda gorizontal holatga keltiriladi. Silindrik adilak o‘rnatilmagan. Ko‘rish trubasining mahkamlash vinti yo‘q, qaratish vinti esa chervyakli vint ko‘rinishida bajarilgan va okulyar 5 dan qarab buraladi. N-3K niveliri (8.8-shakl) ko‘rish trubasi 1, kremalera vinti 2, doiraviy adilak 3, ob’ektiv 4 tomonida ikki yonboshda qaratish vintlari 6, doiraviy taglik 7, ko‘targich vintlar 8 va vizir o‘qini gorizontal holatga kelishini ta’minlaydigan optik (prizmali) kompensator bilan jihozlangan. Optik kompensator ishlashi uchun N-3K Nivelir tuzilishi Reykadan olingan sanoq 8.8- shakl. 8.9- shakl. doiraviy taglik qiyaligi yo15' dan oshmasligi kerak. Shuning uchun avval bo‘lak qiymati 10' ga teng bo‘lgan doiraviy adilak pufakchasi uchta ko‘targich vint yordamida o‘rtaga (nol punktga) keltiriladi. Truba vertikal o‘q atrofida yengil aylanib, turgan vaziyatini yaxshi va tinch saqlaydi, shu sababli u mahkamlagich vintiga ega emas. Ikki yonboshdagi cheksiz buraydigan qaratish vintlaridan xohlagan bittasi bilan trubani reykaga aniq to‘g‘rilash mumkin. Nivelir o‘rnatgich vint yordamida shtativ ustiga o‘rnatiladi. Shtativ yerga boshmoqlari botirilib o‘rnashtirilganda, usti taxminan gorizontal bo‘lishiga e’tibor qilinishi kerak. Shunday qilinmasa, nivelirdagi doiraviy adilak pufakchasini ko‘targich vintlar yordamida o‘rtaga keltirish mumkin bo‘lmay qoladi. 8.9-shaklda N-3K niveliri ko‘rish trubasida reyka tasviri ko‘rsatilgan. N-3K niveliri N-3KL va 2N-3KL shifrlari bilan gorizontal limb konstruksiyasida chiqariladi. Limb bo‘lagining qiymati 1° ga teng. Limbdan sanoq 0,1° aniqlikda olinadi. Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling