U rganch davlat universiteti


N-3 Niveliri tuzilishi Reykadan olingan sanoq


Download 1.78 Mb.
bet8/11
Sana12.03.2023
Hajmi1.78 Mb.
#1263779
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kus gotov

N-3 Niveliri tuzilishi Reykadan olingan sanoq
8.7 shakl.
uch­ta ko‘targich vint 11 yordamida doiraviy adilak pufakchasi o‘rtaga kel­tiriladi. Doiraviy adilak zarur paytda uchta tuzatgich vint 12 bi­­lan tuzatiladi.
Ko‘rish trubasining maydonida reyka va adilak pufakchasi uch­la­rining tasviri 8.7-shaklda keltirilgan.
Iplar to‘ri okulyar 9 oldida joylashgan bo‘lib, tuzatish vint­la­ri­ga ega emas.
Doiraviy adilak 3 (8.6-shakl) nivelir aylanish o‘qini dast­lab­ki vertikal holatga keltirishga xizmat qiladi. Doiraviy adilak pu­fakchasi markazga keltirilsa, ko‘rish

trubasi maydonida silindrik adilak pufakchasi uchlarining tasviri ko‘rinadi. Ular uchini o‘za­ro tutashtirish elevatsion vinti 8 ni burab amalga oshiriladi.


Kompensatorli N-3K niveliri
Bu nivelir — N-3 nivelirining o‘zgartirilgan konstruksiyasi bo‘­lib, mayatnikli optik-mexanik kompensatorga ega. Trubaning vizir o‘qi ushbu kompensator yordamida o‘z-o‘zidan avtomatik ravishda go­ri­zontal holatga keltiriladi. Silindrik adilak o‘rnatilmagan. Ko‘­rish trubasining mahkamlash vinti yo‘q, qaratish vinti esa chervyakli vint ko‘rinishida bajarilgan va okulyar 5 dan qarab buraladi.
N-3K niveliri (8.8-shakl) ko‘rish trubasi 1, kremalera vinti 2, doiraviy adilak 3, ob’ektiv 4 tomonida ikki yonboshda qaratish vint­lari 6, doiraviy taglik 7, ko‘targich vintlar 8 va vizir o‘qini go­rizontal holatga kelishini ta’minlaydigan optik (prizmali) kom­pensator bilan jihozlangan. Optik kompensator ishlashi uchun


N-3K Nivelir tuzilishi Reykadan olingan sanoq
8.8- shakl. 8.9- shakl.
doi­raviy taglik qiyaligi yo15' dan oshmasligi kerak. Shuning uchun av­val bo‘lak qiymati 10' ga teng bo‘lgan doiraviy adilak pufakchasi uch­ta ko‘targich vint yordamida o‘rtaga (nol punktga) keltiriladi. Tru­ba vertikal o‘q atrofida yengil aylanib, turgan vaziyatini yaxshi va tinch saqlaydi, shu sababli u mahkamlagich vintiga ega emas. Ikki yon­boshdagi cheksiz buraydigan qaratish vintlaridan xohlagan bittasi bi­lan trubani reykaga aniq to‘g‘rilash mumkin.
Nivelir o‘rnatgich vint yordamida shtativ ustiga o‘rnatiladi. Shta­tiv yerga boshmoqlari botirilib o‘rnashtirilganda, usti taxminan go­rizontal bo‘lishiga e’tibor qilinishi kerak. Shunday qilinmasa, ni­velirdagi doiraviy adilak pufakchasini ko‘targich vintlar yor­da­mi­da o‘rtaga keltirish mumkin bo‘lmay qoladi.
8.9-shaklda N-3K niveliri ko‘rish trubasida reyka tasviri ko‘r­sa­tilgan.
N-3K niveliri N-3KL va 2N-3KL shifrlari bilan gorizontal limb konstruksiyasida chiqariladi. Limb bo‘lagining qiymati 1° ga teng. Limbdan sanoq 0,1° aniqlikda olinadi.

Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling