U rganch davlat universiteti
Oldinga nivelirlash usuli
Download 1.78 Mb.
|
kus gotov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Doiraviy adilak pufakchasi 8.14- shakl.
Oldinga nivelirlash usuli
8.13- shakl. ko‘rish trubasi qaratilib, v1 sanog‘i olinadi (8.13-a shakl). Endi xuddi shunday ish teskari yo‘nalishda bajariladi; bunda B nuqta yoniga o‘rnatilgan nivelirning balandligi q2 o‘lchanadi va A nuqtasidagi qoziq ustiga qo‘yilgan reykadan v2 sanog‘i olinadi. Reykadan sanoq olinayotgan paytlarda ko‘rish maydonidagi adilak pufakchasi yarim pallalarining tasviri tutashtirilgan bo‘lishi kerak (silindrik adilakli nivelirlarda) yoki doiraviy adilak pufakchasi nol punktda bo‘lishi kerak (kompensatorli nivelirlarda). Asosiy geometrik shartning bajarilmaslik xatosi x quyidagi ifoda bo‘yicha topiladi: (8.26) Agar x ning qiymati 4 mm dan oshmasa, shart bajarilgan bo‘ladi. Aks holda, silindrik adilakli nivelirlarda silindrik adilak o‘qining holati, kompensatorli nivelirlarda esa ko‘rish o‘qining holati tuzatilishi kerak. Buning uchun reykadan oxirgi marta olingan sanoqning tuzatilgan qiymati v2tuz= v2 – x hisoblab olinadi. Keyin silindrik adilakli nivelirlarda elevatsion vint yordamida iplar to‘rining gorizontal ipi tuzatilgan v2tuz sanog‘iga to‘g‘rilanadi. Shunda silindrik adilak pufakchasi nol punktdan chetlashadi. Silindrik adilakning yuqoridagi va pastdagi tuzatgich vintlari yordamida ko‘rish maydonidagi pufakcha yarim pallalarining tasviri tutashtiriladi, ya’ni bu bilan pufakcha nol punktga keltiriladi. Kompensatorli nivelirlarda esa doiraviy adilak pufakchasini nol punktga keltirib, iplar to‘rining yuqorida va pastda joylashgan tuzatgich vintlari Doiraviy adilak pufakchasi 8.14- shakl. yordamida gorizontal ip tuzatilgan v2tuz sanog‘iga to‘g‘rilanadi. Endi shart bajarilganligiga ishonch hosil qilish uchun tekshirish takrorlanadi. 4. Asbob aylanish o‘qi vertikal holatda turganda, silindrik adilak o‘qi va trubaning ko‘rish o‘qi o‘zaro parallel vertikal tekisliklarda yotishi kerak. Bu shart faqat silindrik adilakli nivelirlarda tekshiriladi. Ko‘rish trubasi ko‘targich vintlardan birining yo‘nalishi bo‘yicha o‘rnatiladi va adilak pufakchasi yarim pallalarining tasviri tutashtirilib, 50 — 70 m masofada turgan reykadan sanoq olinadi. Ko‘rish trubasiga nisbatan ikki yonboshda qolgan ikkita ko‘targich vint qarama-qarshi tomonga bir necha marta buralib, nivelir avval bir tomonga, keyin ikkinchi tomonga oQdiriladi. Har ikkala holda ham sanoqning va pufakcha yarim pallalari tasvirining o‘zgarmasligi tekshiriladi. Agar sanoq o‘zgarmagan holda pufakcha yarim pallalarining tasviri tutashgan holda qolsa yoki faqat bir tomonga siljisa, shart bajarilgan bo‘ladi. Aks holda, ya’ni sanoq o‘zgarmaganda pufakcha yarim pallalarining tasviri qarama-qarshi tomonga siljisa, bu siljish silindrik adilakning yonbosh tuzatgich vintlari yordamida bartaraf qilinadi. Tekshirish takrorlanishi kerak. 5. Kompensatorning to‘g‘ri ishlashiga ishonch hosil qilish kerak (N-3K niveliri uchun). Demak, bu shart kompensatorli nivelirlarda tekshiriladi. Buning uchun nivelirdan 40 — 50 m masofada reyka qo‘yiladi va doiraviy adilakning pufakchasi nol punktda bo‘lganda (8.14-a shakl) reykadan va sanog‘i olinadi, keyin ko‘targich vintlar yordamida pufakcha okulyar, oboektiv, chap va o‘ng tomonlarga bir bo‘lakka og‘dirilib (8.14-b, v, g va d shakllar), reykadan vb, vv, vg va vd sanoqlari olinadi. Bu sanoqlar dastlabki olingan v2 sanog‘idan 1 mm dan ortiq farq qilmasligi kerak. Aks holda kompensator nivelir ishlab chiqarilgan zavodda yoki maxsus ustaxonalarda sozlanadi Xulosa Men nivelir to’g’risida bir qancha ma’lumotlarga ega bo’ldim.Nivelir qo’llaniladigan usuli va asboblarga qarab bir necha turlarga bo’linar ekan. Nivelirlashda geometrik, trigonometrik, fizik, avtomatik va stereofotogrammetrik usullari bilan tanishib chiqdim bu usullarni qaysi vaqtda qo’llash kerakligini bilib oldim. Albatta bu usullar o’z maqsadiga qarab qo’llaniladi.Masalan gidrostatik nivelirashda nuqtalarning balandliklaridagi farq o’zaro bog’liq ikkita idishdagi suyuqlik sathini kuzatish yo’li bilan aniqlanadi.Bu usulda nuqtalarning nisbiy balandligi ±1-2 mm aniqlikda topiladi. Montaj ishlarida, yirik inshootlarning deformotsiyasini muntazam ravishda kuzatish kerak bo’lganda va boshqa ishlarda gidrostatik nivelirlash qo’llaniladi. Bu usul sodda bo’lib, undan yopiq, tor va qorong'i joylarda ham foydalanish mumkinligini bilib oldim. Geometrik nivelirlash usullari haqida ularni tuzish va tekshirish haqida ham ma’lumotlarga ega bo’ldim. Nivelirlash jurnalini ishlab chiqishni ham o’rganib ularda ishlatiladigan formulalar bilan tanishib chiqdim. Trassani piketlarga bo’lish ularni joyda mahkamlash trassani yo’nalishi bo’yicha uning o’qi gorizontal quyilish bo’yicha har 100 m dan bo’laklarga bo’linishi ularni bosh va oxirgi nuqtasining o’rni qoziq qoqib belgilab qo’yilar ekan. Piketlash 0 dan boshlab trassa oxiriga qarab oshib boradi: PK0, PK1, PK2… . Albatta bu trassa uzunligiga bog’liq bo’lar ekan. Har qaysi piketning joydagi o’rniga yog’och qoziqlar yer yuzasi bilan barobar qilib qoqilib, bu qoziqlar yoniga qorovul qoziqlar yer yuzasidan 20 sm cha chiqib turadigan qilib qoqilishini ham bilib oldim. Ularga piketlarning tartib raqami yozib borilishi haqida ham ma’lumotlarga ega bo’ldim. Piketlarga bo’lishda masofa tekshrish uchun 20 m li po’lat lenta yoki ruletkalar (30, 50 metrli) foydalanadilar ekan. Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling