U rganch davlat universiteti
- rasm. Triganametrik nivelirlashning ko`rinishi
Download 1.78 Mb.
|
kus gotov
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’rtadan nivelirlash
1.2.4- rasm. Triganametrik nivelirlashning ko`rinishi.
J
oydagi A va B nuqtalar orasidagi nisbiy balandlik h ni o’lchash uchun (1.2.4-rasm)1 nuqtalarning biriga (masalan, A da) teodolit-taxeometr, B nuqtaga esa reyka o’rnatiladi va ko’rish trubasini reyka uchiga qaratib og'ish burchagi n o’lchanadi. Agar AB chizig’ining gorizontal qo’yilishi d bo’lsa, asbob balandligi i va reyka balandligi l ni tashkil qilsa, keltirilgan shakldan quyidagini yozish mumkin: h+ l=h'+ i yoki h = h'+ i – l . (1.2.4) Xuddi o’sha shakldan h' = dtgv (1.2.5) bo’lgani uchun nisbiy balandlik qiymati quyidagiga teng: h = dtgv+ i – l. (1.2.6) Bu formula yer egriligi va refrakstiya ta’sirini hisobga olmasdan chiqarildi.Yer egriligi va refrakstiya ta’siri uchun kiritiladigan tuzatma f bilan ifodalansa (1.3.3), formula quyidagicha bo’ladi: h = dtgv+ i – l + f . (1.2.7) Bu formulaga trigonometrik nivelirlashning asosiy formulasi deyiladi. Nivelirlanadigan nuqtalar orasidagi masofa d = 300 m bo’lganda, formuladan f = 0,01 m bo’lishini aniqlaymiz. Trigonometrik nivelirlashda, ko’pincha, nisbiy balandlik qiymati 0,01 m gacha yaxlitlab olinadi va shunga ko’ra d = 300 m gacha bo’lganda f tuzatma hisobga olinmasligi mumkin. Geometrik nivelirlashning ikki usuli mavjud: 1. O’rtadan nivelirlash. 2. Oldinga nivelirlash. 1. O’rtadan nivelirlash. Joyda olingan ikki nuqta orasidagi nisbiy balandlik h ni o’lchash uchun nivelir asbobi A va B nuqtalar orasida, ulardan bir xil masofada, ishchi holatga keltirib o’rnatiladi. Nivelirni o’rnatish. 1.Shtativni shunday o’rnatish kerakki, unda oyoqchalari orasidagi masofa oyoqcha uzunligining yarmidan kam bo’lmasligi kerak va uchini gruntga kiritiladi. (1.2.5-rasm (a) ko’targich vintlarini bo’shatib oyoqchalari surilib vintlar mahkamlanadi; (b) shtativ oyoqchalari kiritiladi). a) b) Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling