U rganch davlat universiteti
-rasm. Oraliq nuqtalardagi reykalarning ikki tomonidan sanoqlar
Download 1.78 Mb.
|
kus gotov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oldinga nivelirlash.
- 1. 2 .13 -rasm. A nuq tadan B nuqtagacha nivelirlash
- II Bob. NIVELIR TURLARI VA REKALAR HAQIDA TUSHUNCHA 2.1.Yuqori aniqlikdagi adilakli nivelirlar
1.2.12-rasm. Oraliq nuqtalardagi reykalarning ikki tomonidan sanoqlar.
Тrubani oldingi reykaning qizil tomoniga yo’naltiriladi, adilak pufakchasini uchlarini tutashtirib o’rtadagi ip bo’yicha sanoq olinadi (1.2.10-rasm va 1 jadvalning 4 ustiniga qarang). Тexnik nivelirlash jurnali (1-jadval)
hx = a – b = 1693 – 1362 = + 0331 hx = a – b = 6377 – 6044 = + 0333 2. Oldinga nivelirlash. Nisbiy balandlikni oldinga nivelirlash usulida o’lchash uchun nivelir asbobi shunday o’rnatiladiki, uning okulyari A nuqtasidan o’tuvchi shovun yo’nalishiga to’g’ri kelsin (1.2.13-rasm.), B nuqtasida esa reyka o’rnatiladi.
Nivelir ishchi holatiga keltiriladi, reyka yoki ruletka bilan asbob balandligi i1 o’lchanadi, truba reykaga qaratilib, undan b2 sanog’i olinadi. Shakldan quyidagini yozish mumkin: i1 = h + b1, (1.2.8) bundan h = i1 – b1 (1.2.9) ya’ni nisbiy balandlik asbob balandligidan reykadan olingan sanoq. II Bob. NIVELIR TURLARI VA REKALAR HAQIDA TUSHUNCHA 2.1.Yuqori aniqlikdagi adilakli nivelirlar Nivelirlar aniqligi bo‘yicha yuqori aniqlikdagi nivelirlar N-05, aniq nivelirlar N-3 va texnik nivelirlar N-10 shifrlarga ega bo‘lgan nivelirlarga bo‘linadi. Birinchisi 1 km ikkilangan yo‘lga 0,5 mm dan ko‘p bo‘lmagan, ikkinchisi 3 mm/km va uchinchisi 10 mm/km o‘rta kvadratik xatolik bilan nisbiy balandlikni aniqlash uchun xizmat qiladi. H-05 niveliri Iva IIklass davlat geodezik balandlik tarmoq turlarini nivelirlashga, geodinamik poligonlarni nivelirlashga, hamda yuqori aniqlikdagi injenerlik-geodezik ishlarda nivelirlashga mo‘ljallangan. H-3 shifrli nivelirlar III–IV klass nivelirlashni bajarishda hamda injenerlik-geodezik qidiruvlarda foydalaniladi. Nivelirlar qarash trubasida adilakli va nivelir qiyalik burchagini kompensatsiyalovchi kompensatorli chiqariladi. Nivelir 113 shifriga qo‘shilgan K harfi, kompensatorli ekanini bildiradi, masalan, N-05K. Yuqori aniqlikdagi N-05 va N-05K nivelirlari quyidagi talabni qanoatlantirishi lozim Seriyasi 80-yillardan boshlab ishlab chiqarila boshlangan N-05 nivelirlaridan, ulardan tashqari hozirda ishlab chiqarishda yuqori aniqlikdagi NA-1, NB, N-1 nivelirlar keng qo‘llaniladi. NA-1 tipidagi nivelirlar birinchi yuqori aniqlikdagi nivelirlar hisoblanadi, uni ishlab chiqarish 30-yillar oxirida boshlangan. Bu turdagi nivelirlarda optik mikrometr yassi parallel plastinkasi truba obyektiviga nasadka rasmida sanoq olish barabani bilan richag orqali ulangan. Plastinka va richag tashqi muhit ta’sirdan yaxshi himoyalanmagan (plastinka oldida himoyalovchi oyna ham yo‘q) bu esa bu turdagi nivelirning sezilarli kamchiliklaridan biri hisoblanadi. NA-1 nivelirlari o‘rniga yanada takomillashgan NB tipidagi nivelirlar keldi, uning konstruksiyasi V.A. Belitsin va B.V. Fefilov tomonidan ishlab chiqilgan. Bu nivelirlarning xarakterli xususiyatlaridan biri shundaki, optik mikrometr yassi parallel plastinkasi trubani ichiga joylashgan va tishli uzatgich orqali mikrometr sanoq olish barabani bilan bevosita bog‘langan. Asbobsozlarning izlanishlari yuqori aniqlikdagi yanada takomillashgan konstruksiyadagi Iva IIklass nivelirlash uchun mo‘ljallangan N-1 va N-2 nivelirlarni yaratish va ishlab chiqishga olib keladi. Yuqori aniqlikdagi nivelir Ni 004 (Germaniya) «Karl Seyss» yuqori texnik ko‘rsatkichlari bilan xarakterlanadi. U Iva IIklass nivelirlashda keng qo‘llaniladi. Nivelirning barcha asosiy qismlari, qarash trubasi, kompensirlangan ampulali kontaktli silindrik adilakoptik mikrometrli, yassi parallel plastinkali himoyalovchi oyna va truba obyektivi orasida joylashgan yassi parallel plastinkali issiqdan himoyalovchi po‘lat g‘ilofga joylashtirilgan. Nivelirning asosiy afzalliklaridan biri nivelir harorati 1°C ga o‘zgarganda i burchakni o‘zgarishi 0,5'' dan oshmaydi. Trubani ko‘rish maydoniga iplar turi, adilak pufakchasi uchlarini tasviri va optik mikrometr sanoq olish shkalasi tasviri uzatiladi, bu esa nivelir bilan ishlashda qulaylik tug‘diradi. Nivelirdan reykagacha bo‘lgan turli masofalarda bissektorni shtrixga to‘g‘rilash aniqligini oshirish uchun iplar to‘ri turli burchakli ikkita harakatlanadigan bissektorga ega – bittasi ko‘rish maydonining o‘ng qismida 20 metrdan katta masofalar uchun, boshqasi (katta burchakli) ko‘rish maydonining chap qismida 20 metrdan kichik masofalar uchun. Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling