U rganch davlat universiteti


Download 1.78 Mb.
bet9/11
Sana12.03.2023
Hajmi1.78 Mb.
#1263779
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kus gotov

Texnik N-10 niveliri
Nivelir ichki fokuslanuvchi ko‘rish trubasi 1, pred­met tasvirini to‘g‘ri hosil qiluvchi, kontaktli silindrik adilak 2, doiraviy adilak, elevatsion vint 4 (silindrik adilak pufakchasi uch­larini tutashtirish uchun), limb doirasi 5, shtativning sharsimon qal­poqchasi 6, nivelir shtativining sharsimon qalpoqchasi ustiga o‘r­natgich vint 8 yordamida mahkamlanadi. Bu nivelir konstruk­siya­si­­ning asosiy xususiyati shundan ibo­­rat­ki, unda ko‘targich vintlar yo‘q. Doi­ra­viy adilak bo‘yicha ni­velir aylanish o‘qi­ni vertikal ho­latga keltirish uchun o‘r­natgich vint dastasi 9 ni ozgina bu­rab shar­simon qalpoqcha astagina bo‘­shatiladi, ke­yin dasta yordamida doi­ra­viy adi­lak pufakchasi mar­kazga kel­ti­riladi va dastani kuchsiz burab, qal­­poq­cha siqib (mah­kamlab) qo‘­yiladi. Ko‘­rish trubasi maydonida silindrik adi­lak pufak­chasining tasviri ko‘ri­na­di. Nivelir ay­lanuvchi qismi gar­di­shida, okulyar tomondan teshikcha 10 qol­dirilgan bo‘lib, u orqali qo‘zg‘almas indeks bo‘yicha limbdan sanoq oli­nadi.


Texnik N-10 Nivelir tuzilishi
Hozir bu nivelir gorizontal limb bilan 2N-10L shifrda va kom­pen­sator bilan esa 2N-10KL shifrda ishlab chiqarilmoqda.
Nivelirlar quyidagi geometrik shartlarni qanoatlantirishi kerak:

  1. Doiraviy adilak o‘qi nivelirning aylanish o‘qiga parallel bo‘lishi kerak

Nivelir geometrik tuzilishi 8.11-shakl

Doiraviy adilak 8.12- shakl.
Ko‘targich vintlar yordamida doiraviy adilak pufakchasi nol punkt­­ga keltiriladi. Bunda avval ikkita ko‘targich vint yordamida pu­­fakchani nol punkt qarshisiga olib kelinadi (8.12-a shakl), ke­yin esa uchinchi ko‘targich vint yordamida nol punktga keltiriladi (8.12-b shakl). Nivelir aylanish o‘qi atrofida 180° ga buriladi (8.12-v shakl). Agar pufakcha nol punktda qolsa, shart bajarilgan bo‘ladi. Agar­da doiraviy adilak pufakchasi nol punktdan chetga og‘sa, unda pu­fakcha og‘ish yoyining yarmiga adilakning tuzatgich vintlari, qolgan yar­miga esa, ko‘targich vintlar yordamida nol punktga keltiriladi. Shun­dan keyin shart bajarilishini yana tekshirib ko‘rish kerak.
2. Iplar to‘rining gorizontal ipi nivelirning aylanish o‘qiga per­pendikulyar bo‘lishi kerak (HH'^JJ', 8.11-shakl). Bu shartni tek­shi­rish uchun nivelirdan 5 — 8 m masofada reyka o‘rnatiladi va un­ga ko‘rish trubasi qaratiladi. Qaratish vinti yordamida ko‘rish may­donidagi reyka tasviri gorizontal ipning o‘ng va chap uchlariga kel­tirilib sanoqlar olinadi. Agar sanoqlar bir xil chiqsa, shart ba­jarilgan hisoblanadi. Aks holda, ya’ni sanoqlar 1 mm dan ko‘pga farq qilsa, iplar to‘ri tuzatilishi kerak. Buning uchun avval sa­noq­larning o‘rtacha qiymati hisoblanadi, keyin tuzatgich vintlar bo‘­shatilib, iplar to‘ri gorizontal ipining uchida o‘rtacha sanoq ho­sil bo‘lguncha buriladi. Shundan keyin tuzatgich vintlarni mah­kam­lab, tekshirishni takrorlash kerak.
3. Trubaning ko‘rish o‘qi silindrik adilak o‘qiga parallel bo‘­li­shi kerak (VV' || UU', silindrik adiliakli nivelirlarda) yoki tru­baning ko‘rish o‘qi gorizontal bo‘lishi kerak (kompensatorli ni­velirlarda). Bunga nivelirlarning asosiy geometrik sharti de­yi­ladi. Bu shartni tekshirish uchun bir-biridan 50 — 70 m masofada tur­gan A va B nuqtalarga qoziq qoqiladi (8.13-shakl). A va B nuq­ta­lar­ning oraliQi to‘g‘ri va teskari yo‘nalishda oldinga nivelirlash usu­li bilan nivelirlanadi. Buning uchun A nuqta yoniga nivelir oku­lyari shovun chizig‘i bo‘yicha nuqta (qoziq) ustiga to‘g‘ri keladigan qi­lib o‘rnatiladi va qoziq ustidan okulyar markazigacha bo‘lgan ba­land­lik — nivelir balandligi q1 reyka yordamida o‘lchanadi. Keyin rey­ka B nuqtadagi qoziq ustiga vertikal qilib qo‘yiladi va unga



Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling