У шбу услуб ий курсатма Тузувчилар
Download 1.17 Mb.
|
elektrotexnika elektronika va elektr yuritmalar fanidan tajriba ishlarini vertual usulda bajarish boyicha uslubiy korsatma
TOKLAR REZONANSI
Ishdan kuzda tutilgan maqsad 1. Toklar rezonansi hodisasi bilan amaliy tanishish. 2. Kondensatorning sig`imi o`zgarganda, butun zanjirda va zanjirning qismlarida tokning o`zgarishini tekshirish. 3. Toklar rezonansi boshlanish momentini aniqlash. 4. Toklar rezonansi momentida zanjirning o`tkazuvchanligini aniqlash. Tajriba ishini tushuntirish Parallel ulangan induktiv g`altak va kondensatordan iborat elektr zanjirini reaktiv o`tkazuvchanliklari teng bo`lgandagi ish rejimiga toklar rezonansi deyiladi, ya'ni bL = bC G`altakning reaktiv o`tkazuvchanligi Kondensatorning reaktiv o`tkazuvchanligi (agar kondensatorning kichik aktiv qarshiligi hisobga olinmasa) bC = С bu yerda XL=L -g`altakning induktiv qarshiligi, om Z-g`altakning to`la qarshiligi, om RG’ -g`altakning aktiv qarshiligi, om L-g`altakning induktivligi, gn C-kondensatorning sig`imi, f =2 f-o`zgaruvchan tokning burchak chastotasi, sek-1 f- tarmoqdagi o`zgaruvchan tokning chastotasi. Toklar rezonansi vaqtida quyidagi hodisalar kuzatiladi: a) zanjirning to`la o`tkazuvchanligi Y, uning aktiv o`tkazuvchanligi g ga teng bo`ladi. b)zanjirning quvvat koeffisiyenti cos birga teng bo`ladi: v) zanjirning tarmoqlanmagan qismida tok I =U Yrez =Ug eng kichik qiymatga ega bo`ladi. Tokning induktiv va sig`im tashkil etuvchilari o`zaro teng. Bu quyidagi ifodadan ko`rinadi . bL = bC ; U bL = U bC ; ya'ni IL = IC g)shuningdek reaktiv quvvatlar QL va QC lar o`zaro teng. IL = I C : U IL = U IC , ya'ni QL =QC Demak, zanjirning umumiy qismida reaktiv quvvat bo`lmaydi, to`la quvvat esa aktiv quvvatga teng bo`ladi : Reaktiv quvvat va reaktiv tok faqat LC konturda bo`ladi. Chunki zanjirning tarmoqlanmagan qismidagi tok kuchi, toklar rezonansida eng kichik qiymatga ega. O`zgarmas aktiv quvvatda, induktiv g`altak va kondensatorning iste'mol qilayotgan aktiv quvvati amalda nolga teng. Bu hodisadan, amalda elektr energiyasini elektr stantsiyalaridan iste'molchilarga uzatishda, uzatgich simlardagi energiya isrofgarchiliklarini kamaytirishda foydalaniladi. Bundan tashqari, toklar rezonansi hodisasidan elektrotexnikada elektr filtrlari tayyorlashda, radiotexnikada tebranish konturlari olishda va boshqa sohalarda foydalaniladi. Kompyuterda “Elektronics Workbench” dasturiy paketi ishga tushuriladi. 6 .1-rasmdagi sxema yig`iladi . 6.1-rasm. 3. Kondensator C ning sig`imini o`zgartirib, toklar rezonansi boshlanish momenti aniqlanadi. Kondensatorning sig`imini ketma-ket 2 mkf dan, rezonansga yaqin chegaralarda 1mkf dan o`zgartira borib, asboblarning ko`rsatishi 6.1-jadvalga yoziladi. 4. Kondensatorning sig`imi o`zgarganda I,IG’ va IC toklarning o`zgarish grafigi quriladi. Grafikdan kondensatorlarning sig`imini va rezonans momentidagi toklarni aniqlab, olinganlarni 6.2-jadvalga yoziladi . Vektor diagrammalari quriladi. a) toklar rezonansi momenti uchun, b) 6.1-jadvalga asosan IC tokining turli qiymatlari uchun umumiy vektor diagramma. Toklar rezonansi momentidagi o`tkazuvchanlikni aniqlab, ularning qiymati 6.2-jadvalga yoziladi. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling