У шбу услуб ий курсатма Тузувчилар
ISTE'MOLCHILARNI UCHBURCHAK SXEMADA ULAGANDA UCH FAZALI O`ZGARUVCHAN TOK ZANJIRINI TEKSHIRISH
Download 1.17 Mb.
|
elektrotexnika elektronika va elektr yuritmalar fanidan tajriba ishlarini vertual usulda bajarish boyicha uslubiy korsatma
ISTE'MOLCHILARNI UCHBURCHAK SXEMADA ULAGANDA UCH FAZALI O`ZGARUVCHAN TOK ZANJIRINI TEKSHIRISH
1. Ishdan ko`zda tutilgan maqsad 1. Elektr energiyasi iste'molchilari uchburchak sxemada ulanganda uch fazali zanjirning turli rejimlardagi ishini o`rganish. a) tekis yuklama uchun, b) notekis aktiv yuklama uchun, v) iste'molchilarning bir fazasi ajratilganda, g) iste'molchilarning ikki fazasi ajratilganda, d) liniya simlaridan biri uzilganda. 2. Faza va liniya toklarini o`lchashni o`rganish va amalda ular orasidagi nisbatni tekshirish. 2. Tajriba ishini tushunitirish Elektr energiyasi iste'molchisi birinchi fazasining oxirini ikkinchi fazasining boshlanishi bilan, ikkinchi fazasining oxirini uchinchi fazasining boshlanishi bilan, uchinchi fazasining oxirini birinchi fazasining boshlanishi bilan ulanishiga uchburchak sxema ulash deb ataladi. Bu holda elektr energiyasi iste'molchilari neytral simsiz liniya kuchlanishiga biriktiriladi. Uchburchak sxemada ulaganda liniya kuchlanishi faza kuchlanishiga teng, ya'ni UL = UF . Tekis yuklama va simmetrik kuchlanish sistemasida liniya toki faza tokidan marta katta, ya'ni IL= IF Tekis yuklamada faza va liniya toklari o`zaro 1200 ga siljigan bo`ladi, ammo liniya toklari faza jihatidan faza toklaridan 300 ga orqada qoladi. Notekis yuklamada faza va liniya toklari orasidagi nisbat o`zgaradi, ya'ni IL .IF Ammo bu holda liniya toklarining bir-biriga nisbatan fazaviy siljishi 1200 ga teng emas. Elektr energiyasi iste'molchilarining bir yoki ikki fazasi ajratilganda, tegishli fazalarning toki nolga teng bo`ladi. Liniya simlari uzilganda uchburchak sxema tarmoqlangan bir fazali zanjirga aylanadi. Bunday zanjirda uzilgan sim bilan bog`liq bo`lgan elektr energiyasi iste'molchilarining ikkita fazasi ketma-ket ulanib, uchinchi faza bilan parallel qolgan simlar orasidagi liniya kuchlanishiga ulanadi. Kirxgofning birinchi qonuniga asosan faza va liniya toklari orasidagi nisbat quyidagi vektor ifodalar bilan belgilanadi: Bu tajriba ishida elektr energiyasi iste'molchilari sifatida har bir fazaga cho`g`lanish lampasi va qarshilik reostatlari, ya'ni aktiv yuklama ulanadi. 3. Ishni bajarish tartibi 1. Kompyuterda “Elektronics Workbench” dasturiy paketi ishga tushuriladi. 2. 8.1-rasmdagi sxema yig`iladi. 8.1-rasm. 3. Qarshiliklar yordamida uchala fazada tekis yuklama hosil qilinadi. Har bir fazadagi liniya va faza toklari va kuchlanishlar o`lchanadi. 3.Elektr energiyasi iste'molchilarining bir fazasini ajratib (fazadagi biriktiruvchi simni olib), kuchlanish ta'sirida qolgan ikki fazadagi elektr energiyasi iste'molchilarining kattaliklari ulchanadi. 4.Elektr energiyasi iste'molchilarining ikki fazasini ajratib (ikki fazadagi biriktiruvchi simni olib), kuchlanish ta'sirida qolgan bir fazadagi kattaliklar o`lchanadi. 5.Liniya simlaridan birini uzib (liniya simidagi biriktiruvchi simni olib) kuchlanish ta'sirida qolgan ikki liniya simidagi zanjirning usha kattaliklari o`lchanadi. 6. Qarshilik kattaligini o`zgartirish yo`li bilan notekis yuklama hosil qilinib, yana usha kattaliklar o`lchanadi. 7. Barcha o`lchash natijalari 8.1-jadvalga yoziladi. 8.1–jadval
Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling