У шбу услуб ий курсатма Тузувчилар
Barmoqlarning kuchli titrashi
МЕТ УЭ 2007
Barmoqlarning kuchli titrashiQo`lning qaltirashi. Elektrodlardan qo`lni qiyinchi lik bilan ajratib olish mumkin. Barmoqlar va kaftda kuchli og`riq sezish Qo`lning lahzalik falaj bo`lishi. Elektrodlardan qo`llarni ajratib bo`lmaydi. A'zolardagi kuchli og`riq. Nafas olishning qiyinlashishi. Nafas olish organlarining falaj bo`lishi. Yurak faoliyatining bo`zilishi. Nafas olish organlarining falaj bo`lishi.3 sek va undan ortiq yurak falaji. Nafas olish organlari va yurakning 0,1 sek oralig`ida falaj bo`lishi. Terining zararlanishi |
Ta'sir sezilmaydi Ta'sir sezilmaydi. Kuchsiz issiqlik ta'siri Issiqlik ta'sirining kuchayishi Issiqlik ta'sirining yanada kuchayishi. Qo`l muskul-larining tortilishi. Kuchli kuyishni xis etish. Qo`l muskllarining qisqarishi, qaltirash. Nafas olishning qiyinlashishi. Nafas olish organlari falaji. Ma'lumot yo`q |
Odam tanasidan o`tadigan tok kattaligi kuchlanishga va tana qarshiligiga bog`liq. Tana qarshiligi esa tashqi faktorlarga bog`liq bo`lib 1000 Om dan 100000 Omgacha o`zgarib turadi. Demak ta'sir jarahotlanuvchining indivudial xususiyatlariga ham bog`liq ekan.
Ta'sir tokning kishi tanasi orqali o`tish yo`liga ham bog`liq. Yurak, orqa va bosh miya hamda nafas olish organlari orqali tok o`tishi xavfni yanada oshiradi.
O`zgaruvchan tokning chastotasi ham katta ahamiyatga ega 1Gs dan 100Gs gacha bo`lgan chastota hayot uchun eng xavfli chegara hisoblanadi.
QUYIDAGILARNI ESDA SAQLANG.
Kuchlanishga ega bo`lgan elektr zanjirlarining yalong`ochlangan, yani alohidalovchisi (izolyatsiyasi) bo`lmagan tok o`tkazuvchi qismlariga yoki kuchlanishga ega bo`lgan simlarga tegish qat'iyan man etiladi.
2. Talabalarning asosiy taqsimlagichi har qanday o`lash, uzish va qayta ulash kabi ishlarni mustaqil ravishda bajarishlariga mutlaqo ruxsat etilmaydi.
3. Sxema yig`ilib, obdon tekshirilgandan keyingina o`qituvchi ishtirokida tok manbaiga o`lanishi zarur.
4. Kuchlanishga ega bo`lgan sxemalarda har qanday ulash, uzish va elektr toki yo`nalishini o`zgartirish kabi ishlarni bajarish qat'iyan man etiladi.
5. O`qituvchining ruxsatisiz saqlagichlarni o`rnatish yoki ularni almashtirishga yo`l quyilmaydi.
6. Har qanday holda ham elektr jihoz, asbob va simlar shikastlanganligini sezgan zahotiyoq tezlik bilan ulagich yoki avtomatni uchirish va bu haqda o`qituvchiga darhol xabar berish darkor.
7. Elektr sxemalarini shunday yig`ish kerakki, undagi ulash simlari bir-biri bilan kesishmasin, juda tortilib, simlar buralib, halqa bo`lib ham qolmasin. Ish joylari o`rtasidagi o`tish joylarini simlar bir-biri bilan kesib o`tishi man etiladi.
8. O`lash asboblari va yordamchi qo`rilmalar shunday joylashtirilishi kerakki, ularni ko`zatish, ko`zg`aluvchi qismlari yordamida boshqarib turish oson bo`lsin. Ko`zatish va boshqarish ishlarida o`lchash asboblari, yordamchi qo`rilmalar yoki o`lchash simlari bir-biriga to`sqinlik qilmasin.
9. Texnika xavfsizligi qoidasini bilish tajriba xonasida ishlayotgan hamma talaba va yordamchi xodimlar uchun majburiydir. Texnika xavfsizligi bilan tanishgan har bir talaba amaliy ishlari bo`yicha qayd daftari (jurnal)ga yoki maxsus texnika xavfsizligi qayd daftariga qo`l qo`yishlari kerak, aks holda qayd daftariga qo`l qo`ymagan talabalar tajriba ishlariga qo`yilmaydi.
10. Yuqorida keltirilgan texnika xavfsizligi qoidalarini bo`zish talabani amaliy ishlaridan chetlatish va unga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo`llashga acos bo`ladi.
1- TAJRIBA ISHI .
Do'stlaringiz bilan baham:
ma'muriyatiga murojaat qiling