У шбу услуб ий курсатма Тузувчилар
Tok va kuchlanishlarning vektor diagrammalarini qurish
Download 1.94 Mb.
|
МЕТ УЭ 2007
Tok va kuchlanishlarning vektor diagrammalarini qurish. Barcha vektor diagrammalar masshtabda quriladi.
a) yuklama aktiv qarshilikdan iborat bo`lganda. Ixtiyoriy 0 nuqtadan tokining vektorini quyamiz (3.4-rasm). Yana shu nuqtadan tok vektorining yo`nalishi bo`yicha birinchi reostatdagi kuchlanish tushuvi vektori U1 ni quyamiz, chunki fazaviy siljish burchagi =0. U1 vektorining oxiridan ikkinchi reostatdagi kuchlanish tushuvi vektori U2 ni qo`yamiz. Bu vektorlarning yig`indisi tarmoq kuchlanishining vektoriga teng. b) yuklama aktiv qarshilik va induktivlikdan iborat bo`lganda. Ixtiyoriy 0 nuqtadan (3.5-rasm) I tokining vektorini quyib, yana shu nuqtadan tok vektorining yo`nalishi bo`yicha reostatdagi kuchlanish tushuvi vektori UL ni quyamiz. Berilgan zanjir uchun Kirxgofning ikkinchi qonuniga ko`ra. Bu yerda Z L -g`altakning to`la qarshiligi, om, UL -g`altakdagi kuchlanish tushuvi, v. So`ngra UL vektorining oxiridan soat strelkasi harakatiga teskari yunalishda UL vektoriga teng radius bilan yoy chizib, 0 nuqtadan esa U kuchlanishning vektoriga teng radius bilan yoy chiziladi. Yoylarning kesishgan nuqtasini 0 nuqta va U1 vektorining oxiri bilan birlashtirib, vektor diagrammani hosil qilamiz. G`altakdagi kuchlanish UL ni aktiv UaL =I RL va induktiv UL = I XL tashkil etuvchilarga ajratish mumkin. v ) yuklama aktiv qarshilik va sig`imdan iborat bo`lganda. Vektor diagrammani qurish xuddi yuklama aktiv qarshilik va induktivlikdan iborat bo`lgandagi kabi olib boriladi, ammo tok kuchlanishdan faza jihatdan oldin kelgani uchun, yoy soat strelkasining yo`nalishi bo`yicha chiziladi (4– rasm). Kondensatordagi kuchlanishni aktiv kuchlanish Uа.к=I Rк va sig`im kuchlanishi Uc= I xc dan iborat tashkil etuvchilarga ajratish mumkin.Tajriba to`g`ri bajarilganda aktiv kuchlanish Uа.к sig`im kuchlanishi UC ga nisbatan bir oz kattaroq bo`lishi kerak. Download 1.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling