U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet220/225
Sana20.09.2023
Hajmi3.85 Mb.
#1681960
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   225
Bog'liq
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

maxsus huquqlari (SDR)ni chiqara boshladi. SDR naqd pul ko‘rinishida bo‘lmay, 
faqat XVF maxsus hisobvaraqlarida kredit yozuvlari ko‘rinishida amal qiladi va 
fondga a’zo mamlakatlarning Markaziy banklari o‘rtasidagi hisoblashuvlarda 
foydalaniladi. 
Evropa valuta tizimi 1979 yilda Evropa iqtisodiy hamjamiyatiga kiruvchi 
davlatlar tomonidan valuta kurslarini barqarorlashtirish maqsadida tashkil etilib, bu 
davlatlar o‘rtasidagi to‘lov jarayonlarida amal qiluvchi Evropa valuta birligi 
EKYU muomalaga kiritildi.
Iqtisodiy va valuta ittifoqi (IVI) Evropa valuta tizimi amal qilishi natijasida 
tashkil etilib, u kuyidagilarni taqozo etadi: 
- moliya bozorlarining to‘liq integratsiyalashuvi; 

kapitallar harakatining to‘liq erkinlashuvi
- barcha valutalarning to‘liq konvertatsiyasini ta’minlash va pirovardida 
milliy valutalarni yagona valuta bilan almashtirish. 
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining (XTTB) ham faoliyati xalqaro 
valuta-moliyaviy munosabatlarni tartibga solishga yo‘naltirilgan bo‘lib, u o‘zining 
ikkita filiali – Xalqaro moliyaviy korporatsiya (XMK) hamda Xalqaro rivojlanish 
assotsiatsiyasi (XRA) bilan birgalikda Jahon banki tarkibiga kiradi. 
XVFning a’zosi bo‘lgan mamlakatlar XTTBning a’zosi bo‘la oladi. XTTB 
tomonidan 
taqdim 
etiladigan 
qarzlarning 
asosiy 
qismi 
qarz 
oluvchi 
mamlakatlarning iqtisodiyotini tarkibiy qayta qurish imkonini beruvchi loyiha va 
dasturlarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan uzoq muddatli kreditlar hisoblanadi. 


307 
Xalqaro moliyaviy korporatsiya (XMK)ning faoliyati ustun ravishda 
rivojlanayotgan 
mamlakatlarning 
xususiy 
sektorini 
moliyalashtirishga 
yo‘naltiriladi.
Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi (XRA)ning asosiy faoliyati esa ko‘proq 
qoloq mamlakatlarga imtiyozli yoki foizsiz kreditlar ajratishga qaratilgan. 

Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling