U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev


Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT)


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet221/225
Sana20.09.2023
Hajmi3.85 Mb.
#1681960
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   225
Bog'liq
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT) tarkibiga barcha 
sanoat jihatidan rivojlangan mamlakatlar kiradi. IHRT unga a’zo mamlakatlarning 
iqtisodiy rivojlanishidagi tendensiyalarni, iqtisodiyot sohasidagi ichki hatti-
harakatlarning boshqa mamlakatlar to‘lov balansiga ta’sirini aniqlashga qaratilgan. 
IHRT tomonidan ishlab chiqilgan bashorat ko‘rsatkichlari asosida, jahon xo‘jaligi 
rivojlanish tendensiyalarini hisobga olgan holda, milliy iqtisodiyotlarning o‘zaro 
moslashuviga imkon yaratuvchi makroiqtisodiy siyosatni olib borish bo‘yicha 
tavsiyalar beriladi.
Xalqaro hisoblashuvlar banki (XHB) SHveysariyaning Bazel shahrida 
joylashgan bo‘lib, u xalqaro moliyaviy tashkilot hisoblanmasada, bank faoliyatini 
xalqaro tartibga solishda yetakchi rol o‘ynaydi. XHB Evropaning deyarli barcha 
mamlakatlarini, Kanada, Avstraliya, YAponiya hamda AQSH tijorat banklari 
guruhini o‘z tarkibida birlashtiradi. 70 dan ortiq Markaziy banklar o‘zlarining 
oltin-valuta zahiralarini XHB hisobvaraqlarida saqlaydilar. 
Evropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) SHarqiy Evropa hamda sobiq 
Ittifoq mamlakatlariga valuta-moliya sohasida ko‘maklashishni muvofiqlashtirish 
maqsadida 1990 yilda tashkil etildi. Uning asosiy faoliyati Markaziy va SHarqiy 
Evropa, MDH mamlakatlarini isloh qilish jarayonlari bilan bog‘liq turli 
ko‘rinishdagi dastur va loyihalarni moliyalashtirishga, bu mamlakatlarning jahon 
xo‘jaligiga moslashuvini jadallashtirishga ko‘maklashishga yo‘naltirilgandir.
Bugungi kunda sanab o‘tilgan bu kabi davlatlararo tashkilotlarning xalqaro 
valuta-moliya 
sohasidagi 
munosabatlarni 
tartibga 
solish 
va 
yanada 
takomillashtirishga qaratilgan faoliyatining ahamiyati tobora oshib bormoqda. Shu 
bilan bir qatorda mazkur tuzilmalarning rivojlanayotgan mamlakatlarga moliyaviy 
yordam ko‘rsatish tartibini takomillashtirish, bunda ko‘mak berilayotgan 


308 
mamlakatlarning milliy manfaatlariga putur yetkazmaslik, faoliyat yo‘nalishi 
sifatida ko‘proq iqtisodiy maqsadlarning ilgari surilishi kabi jihatlarga e’tibor 
kuchaytirish zarur bo‘ladi. 

Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling