U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/225
Sana20.09.2023
Hajmi3.85 Mb.
#1681960
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   225
Bog'liq
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

hududiy bozorlar (Markaziy Osiyo yoki Osiyo bozori, G‘arbiy Yevropa bozori) va 
jahon bozori
Sotiladigan va sotib olinadigan tovar, xizmat turiga ko‘ra bozorlar 
quyidagi turlarga bo‘linadi: iste’mol tovarlari va xizmatlari bozori, ishlab chiqarish 
vositalari va ishchi kuchi (resurslar) bozori, valyuta bozori va fond birjalari, ilmiy 
texnika kashfiyoti va ishlanmalar bozori. 
Muomalaga chiqadigan sub’ektlarning xususiyatiga ko‘ra ulgurji va 
chakana savdo to‘g‘risida gap yuritiladi. CHakana savdoda asosan sotib oluvchilar 
fuqarolar hisoblanadi. Turli shakldagi korxonalar, firmalar, xususiy do‘konlar va 
boshqalar esa sotuvchi hisoblanadi. Ulgurji savdoda davlat tomonidan qishloq 
xo‘jalik mahsulotlarini xarid qilish alohida o‘rin tutadi. Bunda asosiy xaridor 
davlat, sotuvchilar esa dehqon va fermerlar xo‘jaliklaridir. 
 
2. Talab va taklif tushunchasi 
Ehtiyoj kishilarning hayotiy vositalariga bo‘lgan zaruriyatini ifodalovchi 
ilmiy kategoriya sifatida taraqqiyotning hamma bosqichlari uchun umumiy va 
doimiydir. Uning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi tarixiy ko‘rinishi talab 
tushunchasidir. Talab ehtiyojdan farq qilib, mustaqil iqtisodiy kategoriya (ilmiy 
tushuncha) sifatida amal qiladi. 
Ehtiyojning faqat pul bilan ta’minlangan qismi talabga aylanadi. Demak, talab – 
bu pul bilan ta’minlangan ehtiyojdir. Ehtiyoj zarur miqdordagi pul bilan 
ta’minlanmasa, u «xohish», «istak» bo‘lib qolaveradi. Talabning bir qator muqobil 
variantlari mavjud bo‘ladi, chunki narx o‘zgarishi bilan tovarning sotib olinadigan 
miqdori ham o‘zgaradi. SHu bog‘liqlikdan kelib chiqib, talabga quyidagicha ta’rif 
berish mumkin: ma’lum vaqt oralig‘ida, narxlarning mavjud darajasida 
iste’molchilarning tovar va xizmatlar ma’lum turlarini sotib olishga qodir 
bo‘lgan ehtiyoji talab deyiladi.
Talablar turlicha bo‘lib, odatda bir xil tovar yoki xizmatlarga bo‘lgan 
talabning ikki turi farq qilinadi: yakka talab va bozor talabi. Har bir 

Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling