165
Chizmadan ko‘rinadiki, klassik modelni tuzishda tik o‘q bo‘yicha
real foiz
stavkasi, yotiq o‘q bo‘yicha esa jamg‘arma va investitsiya hajmi ko‘rsatkichlari
joylashtirilgan. Investitsiya va foiz stavkasi o‘rtasida teskari funksional bog‘liqlik
mavjud: foiz stavkasi qanchalik yuqori bo‘lsa, investitsiya hajmi shu qadar past
bo‘ladi va aksincha. Jamg‘arma esa to‘g‘ri, o‘suvchi funksional bog‘liqlikka ega,
ya’ni foiz stavkasining yuqori bo‘lishi jamg‘arma
darajasining ham yuqori
bo‘lishiga olib keladi. Iqtisodiyotdagi investitsiya va jamg‘arma hajmlari o‘rtasida
muvozanat (E nuqta)ga erishish uchun foiz stavkasining r
0
darajasi ta’minlanishi
lozim. Foiz stavkasi darajasining muvozanat darajasidan chetlanishi (r
1
– past va
r
2
– yuqori bo‘lgan holatlar) investitsiya va jamg‘arma hajmi o‘rtasidagi
muvozanatning buzilishiga olib keladi.
Foiz stavkasining r
1
darajasida investorlar
uchun qulay narxlarning vujudga kelishi investitsion resurslarga bo‘lgan
talabni
oshiradi, biroq bunday darajada jamg‘arma uchun rag‘bat pasayib ketadi. Natijada
investitsion resurslar taqchilligi paydo bo‘ladi. r
2
darajada esa barcha sub’ektlar
uchun jamg‘armaning nafliligi oshadi, biroq bunday
foiz darajasida barcha
investorlar ham o‘z faoliyatining foydaliligini ta’minlay olmaydilar. Natijada
jamg‘armaning ahamiyatli qismi investitsiyalarga aylana olmaydi.
Keynschilarning investitsiya va jamg‘arma o‘rtasidagi muvozanat modeli o‘z
tuzilishiga ko‘ra klassik modeldan farq qiladi. Bunda eng markaziy nuqta –
J.M.Keyns tomonidan jamg‘arma
foiz stavkasining emas, balki daromadning
funksiyasi deb qaralishi hisoblanadi:
)
(
Y
S
S
. Investitsiya esa, klassik modeldagi
singari, foiz stavkasining funksiyasi deb olinadi:
)
(
r
I
I
. Ya’ni,
keynscha
konsepsiyaning asosida jamg‘arish va investitsiya darajalarining boshqa-boshqa
omillar ta’sirida o‘zgarishi yotadi. Keynscha modelning mohiyatini 7-chizma
orqali izohlash mumkin.