172
korxona quriladi. Ekstensiv rivojlanishda, agar u sof holda amalga oshirilsa, ishlab
chiqarish samaradorligi o‘zgarmay qoladi.
Iqtisodiy o‘sishning intensiv turi sharoitida mahsulot chiqarish miqyoslarini
kengaytirishga ishlab chiqarish omillarini sifat jihatidan takomillashtirish,
yanada ilg‘or ishlab chiqarish vositalarini va yangi texnikani qo‘llash, ishchi kuchi
malakasini oshirish, shuningdek mavjud ishlab chiqarish potensialidan yaxshiroq
foydalanish yo‘li bilan erishiladi. Intensiv yo‘l ishlab
chiqarishga jalb etilgan
resurslarning har bir birligidan olinadigan samaraning, pirovard mahsulot miqdorining
o‘sishida, mahsulot sifatining oshishida o‘z ifodasini topadi.
Real hayotda ekstensiv va intensiv omillar sof holda,
alohida-alohida mavjud
bo‘lmaydi, balki muayyan uyg‘unlikda, bir-biri bilan qo‘shilgan tarzda bo‘ladi. Shu
sababli ko‘proq ustuvor ekstensiv va ustuvor intensiv iqtisodiy o‘sish turlari haqida
so‘z yuritiladi.
Iqtisodiy o‘sishning alohida tomonlarini tavsiflovchi ko‘rsatkichlari ham
mavjud bo‘lib, ulardan asosiylari ishlab chiqaruvchi
kuchlar rivojlanish darajasi,
mehnat unumdorligining o‘sishi va ish vaqtini tejash,
shaxsiy daromad va foyda
massasi, milliy iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi kabilar hisoblanadi.
Ishlab chiqaruvchi kuchlar darajasi quyidagi ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi:
a) ishlab chiqarish vositalarining rivojlanganlik darajasi;
b) xodimning malakasi va tayyorgarlik darajasi;
v) ishlab chiqarishning moddiy va shaxsiy omili o‘rtasidagi nisbat;
g) mehnat taqsimoti, ishlab chiqarishning tashkil etilishi, ixtisoslashtirilishi va
kooperatsiyasi.
Iqtisodiy o‘sishning jahon amaliyotida keng qo‘llaniladigan
boshqa
ko‘rsatkichi iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi hisoblanadi. U tarmoqlar bo‘yicha
hisoblab chiqilgan YAIM ko‘rsatkichi asosida tahlil qilinadi. Bunda
iqtisodiyotning
yirik sohalari, moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlari
o‘rtasidagi nisbat ham o‘rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: