188
tarmoqlari (qishloq xo‘jaligi, qurilish va h.k.)da unumli iste’mol qilinadi. Bu
ularning bir-biriga bog‘liqlikda rivojlanishini taqozo qiladi.
Tarmoqlararo
mutanosibliklarga sanoat bilan qishloq xo‘jaligi va xalq xo‘jaligining boshqa
tarmoqlari o‘rtasidagi mutanosibliklar misol bo‘ladi.
3. Tarmoq ichidagi mutanosibliklar. Tarmoqlararo mutanosiblik va milliy
ishlab chiqarish darajasidagi muvozanatlik tarmoqlar ichidagi
mutanosiblik orqali
ta’minlanadi. Tarmoqlar ichidagi mutanosiblik alohida olingan tarmoq tarkibidagi
soha va ishlab chiqarishlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalaydi. Masalan,
sanoatning
ishlab chiqarish vositalari va iste’mol buyumlari ishlab chiqaradigan sohalari,
qishloq xo‘jaligining dexqonchilik va chorvachilik sohalari o‘rtasidagi
mutanosibliklar va h.k. Shu bilan birga ta’kidlab o‘tilgan sohalarning ichidagi
tarkibiy bo‘linmalar o‘rtasida ham bog‘liqlik bo‘lishi zarur. Masalan, sanoatning
qazib olish va qayta ishlash tarmoqlari, chorvachilikning sut va go‘sht ishlab
chiqarish sohalari o‘rtasida va boshqalar
Do'stlaringiz bilan baham: