U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/225
Sana20.09.2023
Hajmi3.85 Mb.
#1681960
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   225
Bog'liq
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

Asosiy tayanch tushunchalar 
 
Iqtisodiy rivojlanish – ko‘p o‘lchamli jarayon bo‘lib, jamiyatning ijtimoiy, 
iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyotida o‘z ifodasini topadi. 
Iqtisodiy o‘sish – YAIM, SMM, MD miqdorining mutloq va aholi jon boshiga 
hamda iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga ko‘payishida va sifatining 
yaxshilanishida ifodalanadi. 
Iqtisodiy o‘sish mezoni – iqtisodiy o‘sishni nisbatan to‘liq darajada baholash 
imkonini beradigan ko‘rsatkichni xarakterlaydi. 
Iqtisodiy o‘sishning ko‘rsatkichlari – iqtisodiy o‘sishni aniqlashda 
foydalaniladigan qiymat, ijtimoiy naflilik va natural (jismoniy) ko‘rsatkichlar 
tizimidan iborat. 
Ekstensiv iqtisodiy o‘sish – ishlab chiqarishga qo‘shimcha iqtisodiy 
resurslarni jalb qilish orqali ishlab chiqarish hajmining ortib borishi. 
Intensiv iqtisodiy o‘sish – ishlab chiqarish omillarining mavjud darajasida, ulardan 
foydalanish samaradorligini oshirish orqali mahsulot ishlab chiqarish hajmining 
ko‘payib borishi. 
Iqtisodiy o‘sish omillari – iqtisodiy o‘sishga ta’sir ko‘rsatishda o‘z o‘rniga ega 
bo‘lgan va uni aniqlab beruvchi talab, taklif va taqsimlash omillarini bildiradi. 
Milliy boylik – insoniyat jamiyati taraqqiyotida ajdodlar tomonidan yaratilgan 
va avlodlar tomonidan jamg‘arilgan moddiy va ma’naviy boyliklar hamda 
foydalanishga jalb qilingan tabiat in’omlari. 
Moddiy-buyumlashgan boylik – milliy boylikning inson mehnati bilan 
yaratilgan ashyoviy – buyum ko‘rinishga ega bo‘lgan qismi. 
Tabiiy boylik – milliy boylikning tabiat in’omlaridan iborat bo‘lgan, 
foydalanishga jalb qilingan, ishlab chiqarishning shart –sharoitini va inson 
faoliyatining tashqi muhitini tashkil qiladigan qismi. 


186 
Ma’naviy boylik – ashyoviy-buyum ko‘rinishiga ega bo‘lmagan nomoddiy 
qimmatliklardan va insoniyatning intellektual salohiyati natijalaridan iborat. 

Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling